Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ayni damda dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi kim?

 

Stadion.uz Bugungi kundagi eng kuchli markaziy himoyachilar top 10 ligi bilan tanishtirib o‘tadi.

 

Bugun mavsum

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kyurzava grandlar nishonida

 

PSJ jamoasining qanot himoyachisi Leven Kyurzava uchun kurash avjiga chiqmoqda. “Readfootball” nashri bergan xabarlarga qaraganda, himoyachi uchun kurashda asosiy fovorit bo‘lib turgan “Arsenal”ga kuchli raqiblar paydo bo‘ldi.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi bilan endilikda “Yuventus”, “Barselona” va “Liverpul” klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi JCH g‘olibining Parij klubi bilan tuzgan shartmoasi yozda o‘z yakuniga yetadi va Kyurzava erkin agent maqomida istagan klubiga o‘tishi mumkin.

“Tottenhem” darvozabon izlamoqda

 

Londonning “Tottenhem” jamoasi yozda o‘z safiga darvozabon qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

“TheSun” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “shportlar” yozda “Latsio” kipperi Tomas Strakosha bilan shartnoma imzolashga urunib ko‘rishadi.

Londonliklar shu yo‘sinda klubdagi asosiy darvozabon Ugo Lorisga sog‘lom raqobat hosil qilishni rejalashtirmoqda. Taniqli transfermarket nashri darvozabonni 25 million yevroga baholaganiga qaramay, rimliklar Strakoshani 35 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tomas bilan “Chelsi” va PSJ klublari aloqaga chiqishgan edi.

PSJ Grizmanni Neymarga almashadimi?

 

Fransiyaning “Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, PSJ yozda Neymarni “Barselona”ga sotib yuborishga qarshi emas. Parij klubi Neymarning uchun kataloniya klubidan Antuan Grizman+80 million yevroni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, PSJ Neymarni “Barselona”ga sotib yuborish orqali Killian Mbappeni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya nashrlari Neymarning “Barselona”ga qaytishini bir necha bor ma’lum qilishdi.

“Arsenal” “Bourmunt” futbolchisi bilan qiziqmoqda

 

“TaemTalk” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Arsenal” jamoasi “Bourmont” klubi yarim himoyachisi Rayan Freyerni sotib olishga yaqin turibdi. 26 yoshli futbolchi “kononirlar” safiga erkin agent maqomida qo‘shilishi kutilmoqda.

Gap shundaki, Rayanning klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga yetadi.Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Arsneal” jamoasi Freyzer uchun kurashda yaqqol fovorit bo‘lib turibdi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:43, 06.04.2020.
O'qildi: 8732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик