Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidov maqolasi: Asr boshidagi eng zo‘r kambek

Xayrulla Hamidov maqolasi: Asr boshidagi eng zo‘r kambek

Baho:
+ | -

Sensasiyalar davom etadi. Yettinchi aprel, navbat "Deportivo"ga. La Korunyadagi "Riasor" o‘yingohida kechgan bahsda ispanlarning umidi tugab bo‘lgandi. Chunki "Milan" uyida bir hafta oldin "Depor"ni yer tishlatgan, 4:1 hisobi qayd etilgan edi. 4:1. Hazil natija emas. Gollarni Kaka - ikki marta, Shevchenko va Pirlo yo‘llagandi. Birgina Pandianining javob goli ko‘p narsa bildirmasdi. Ammo ko‘p narsa bo‘lib chiqdi o‘sha gol.

Ma’lumot sifatida aytamiz, "Milan" o‘sha mavsum rasmiy chempion sanalardi. "Deportivo" garchi o‘sha yillari tarkibi yoqimtoy o‘yinchilardan tashkil topgan bo‘lsa-da, quturgan "Milan" bilan solishtirib bo‘lmasdi. Bir kun oldin "Real" va "Arsenal" turnirni tark etgani Karlo Anchelotti shogirdlariga tasodif bo‘lib tuyuldi. Shu bois, "Riasor"dagi harakatlardan xotirjamlik sezilib turardi. Beshinchi daqiqadayoq Pandiani hisobni ochgach, Italiya superklubi o‘zini yig‘ib oldi. Hujumlar uyushtirdi, biroq baribir natija aldab qo‘ygani sezilardi. Valeron 35-daqiqa o‘tayotganda hisobni o‘zgartirdi -2:0. Lukening tanaffusga chiqish oldi 3-golni yo‘llashi bu kecha "Milan" ahvolotiga yaxshi izoh edi.

Bir bo‘limda uchta gol o‘tkazib yuborish odatini ushbu klub keyingi mavsum – "Liverpul" bilan finalda ham namoyish etganidan xulosa qilsak, Anchelotti yigitlari katta hisobli natijaga tayyor emas ekan.

Shu hisobning o‘zi "Deportivo"ga yetarli edi. Ikkinchi bo‘limda natijani yanada mustahkamlash uchun Fran to‘rtinchi golni ham urib qo‘ydi. Tamom. Ertak davom etadi. "Deportivo" yarim finalda! To‘g‘ri, Xavyer Irureta shogirdlari finalga bora olishmadi, ammo "Milan"ni turnirdan chiqarib yuborishlarining o‘zi bir mavsumga yetarli sensasiya edi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

"Риасор"да кечган баҳс. Ҳалигача одам ишонмайдие...

Kiritildi: 12:05, 07.04.2020.
O'qildi: 4040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик