Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Ravshan Ermatov: «Umid qilaman, Yaxshiboyev Belarus orqali Yevropaning top-klublari safiga o‘tadi»

Ravshan Ermatov: «Umid qilaman, Yaxshiboyev Belarus orqali Yevropaning top-klublari safiga o‘tadi»

Baho:
+ | -

"Energetik-BGU" hujumchisi Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatining ushbu mavsumidagi yulduz futbolchilardan biri bo‘lib turibdi. U dastlabki 3ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov "Sputnik" muxbiri bilan suhbatda Yaxshiboyev haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Yaxshiboyevning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib, uning muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lyapmiz. Albatta, o‘yinchi bilan aloqamiz bor. Chunki u O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. O‘zbek matbuoti uning faoliyatini internet orqali keng yoritib bormoqda. Sport saytlari va muxlislar uning o‘yinidan quvonishmoqda", — dedi Ermatov.

"U juda iqtidorli futbolchi. Shuning uchun terma jamoa murabbiylari unga hamisha ishonch bildirib kelishdi. U katta futbolda o‘zini ko‘rsata olishiga shubha yo‘q edi. U erishilgan yutuq bilan cheklanib qolmaydi. U olimpiya terma jamoasida o‘ynaganida uning o‘z ustida qanday ishlayotganini o‘zim ko‘rganman. O‘ylashimcha, u o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘yadi va orzusini amalga oshirish ustida ishlaydi. Nasib qilsa, Jasur Belarus chempionati orqali Yevropaning top-klublari safiga o‘tadi. Biz unga ishonamiz va umid qilamiz".

"Energetik-BGU" safida o‘zbekistonlik yana bir hujumchi Shahboz Umarov ham o‘z faoliyati boshladi. Ermatov ushbu futbolchi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Belarus chempionatida yana bir o‘yinchimiz bor. U hozircha Jasur kabi o‘zini yorqin ko‘rsata olmayapti. Lekin u ham tez orada ochilib ketishiga ishonamiz. Ular bir jamoada o‘ynab, bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlashadi. Menga kelgan xabarlarga ko‘ra, klub ham bizning o‘yinchilarni iliq qabul qilgan. Shu bois, ularning adaptasiya muddati juda yaxshi o‘tdi", — dedi O‘FA rahbari.

Manba: uz.sputniknews.ru
Kiritildi: 18:42, 07.04.2020.
O'qildi: 4692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик