Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Afsonaviy “Milan” a’zolari hozir qayerda va qanday ko‘rinishda?

Afsonaviy “Milan” a’zolari hozir qayerda va qanday ko‘rinishda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz "Milan"ning 21-asr boshidagi "oltin davrini" yodga oladi.

 

Dida

“Milan” va Braziliya futbolining tirik afsonasi bugungi kunda “Milan” klubining akademiyasida yosh darvozabonlarga saboq bermoqda.

 

Paolo Maldini

 

“Milan” uchun 25 mavsum to‘p surgan Maldini bugungi kunda “Milan” klubining top-menedjeri sifatida faoliyat olib bormoqda. Afsuski, ayni damda koronavirus bilan og‘rigan va kasalikka qarshi kurashmoqda.

Massimo Ambrozini

“Milan” safida 18 yil harakat qilgan futbolchi keyinchalik Italiyaning boshqa klublarida ham qisqa fursat ko‘rinish berdi va butsalarini mixga ildi. Ayni damda “Sky Sport” nashrida sharhlovchilik bilan band.

Kafu

 

“Milan”ning gullagan davrlarida qanotda “porlagan” futbolchi bugungi kunda Braziliyada istiqomat qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kafu Braziliya televideniyasidagi eng oldi ekspertlardan biri!

Alessandro Kostakurta

 

“Milan” uchun 20 yildan ortiqroq ter to‘kkan himoyachi bugungi kunda NOK bilan hamkorlikda bir jinsli turmush uchun Italiyada kurash olib bormoqda.

Jennaro Gattuzo

 

“Milan”ning asosiy murabbiyi sifatida omadsiz ishlaganiga qaramay, uni “Napoli”ga ishga taklif qilishdi. “Milan”ning eng qiziqqon yigiti ancha bosilib qolgan.

Filippo Inzagi

 

Istanbuldagi alamli mag‘lubiyat uchun “Liverpul”dan YCHL finalida qasd olgan yigit murabbiylikda omadsizlikka uchradi. Shunga qaramay, Inzagi o‘z maqsadidan voz kechganicha yo‘q. Bugungi kunda “B Seriya”ning “Benavento” klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kaka

Bir necha yil ilgari o‘z faoliyatini MLSda yakunlangan Kaka “Milan” jamoasiga qaytishni istamadi. Ayni damda, asosiy vaqtini oilasi davrasida o‘tkazmoqda.

Kaha Kaladze

 

Gruziyalik futbolchi “Milan” safida o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan barchani xursand qilgan edi. Endilikda, u siyosat olamida ham omadli yurishni amalga oshirmoqda. Ayni damda, qahramonimiz Tbilisi shaxrida MER lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Alessandro Nesta

 

“Milan” uchun g‘alabali onlarni taqdim etishda faol bo‘lgan Nesta katta futboldan so‘ng yo‘qolib qolgani rost. U xayriya uchrashuvlariga kam keladi. Intervyulardan qochadi va doimmo kadr ortida bo‘lishni avzal ko‘radi. Qahramonimiz bugungi kunda ikkinchi diviziondagi “Frozinone” klubida bosh murabbiy lavozimini egallab turibdi.

Andrea Pirlo

 

2017-yilda butsalarini Oken ortida mixga ilgan futbolchi dunyo bo‘ylab sayohat qilishda davom etmoqda. Uning turli reklama agentliklari bilan hamkorligi hali-hamon davom etayotgani tahsinga sazovor.

Rui Koshta

 

“Benfika” klubida bosh skaut sifatida faoliyat olib bormoqda.

Yon-Dal Tomasson

“Malmo” klubi bosh murabbiyi

Klarens Zeedorf

“Milan"dan so‘ng, bir necha bor murabbiylikda “qovun” tushurgach, oav e’tiboridan chetda qolib ketdi.

Serjinyo

Asosan qariyalar o‘rtasidagi shou uchrashuvlarda faol ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, uning Braziliyada yosh iqtidorlarni izlab topuvchi agentlikning asoschisi ham sanaladi.

Andrey Shevchenko

“Oltin to‘p” egasi sifatida futbol tarixida abadiy qoluvchi futbolchi faoliyatini hammasini boshlagan “Dinamo Kiyev”da yakunladi. Bugungi kunda Ukraina terma jamoasi bilan yaxshi yutuqlarga erishib kelmoqda. U boshchiligidagi Ukraina guruhda Portugaliyadan ko‘proq ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Karlo Anchelotti

“Milan”dan so‘ng, “Chelsi”,   “Real”, PSJ, “Bavariya”, “Napoli” singari klublarda ishladi. Bugungi kunda “Everton” jamoasini boshqarmoqda.

 

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:52, 08.04.2020.
O'qildi: 6792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.