Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Anvar G‘ofurov: «Yangi sahifa ochamiz»

Anvar G‘ofurov: «Yangi sahifa ochamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Aytish kerak, karantin futbolchining qanchalar professional ekanligini ko‘rsatib beradi. Zero, professional o‘yinchi bunday vaziyatlarda jismoniy holatni bir maromda ushlab turish yo‘lini juda yaxshi biladi. Shunday futbolchilardan biri Anvar G‘ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Karantin vaqtida uyda o‘tirgan bo‘lsamda, zerikishni xis qilmayapman. Jismoniy holatimni bir maromda ushlab turish maqsadida shug‘ullanayapman. Uy sharoitidagi mashg‘ulotlarni to‘xtatayotganim yo‘q. Qolaversa, bo‘sh vaqtim bo‘ldi deguncha, kitob o‘qiyman yoki internet orqali o‘zimni qiziqtirgan mavzularni kuzataman, savollarimga javob izlayman. Albatta farzandlarim bilan birga kunimni mazmunli o‘tkazishga harakat qilaman.

Karantindan keyin avvalgi jismoniy holatga qaytish qanchalik oson? O‘ylaymanki, professional futbolchida bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Bunday vaziyatlarda hamma uy sharoitida shug‘ullanadi. Taxminimcha, shunday ham bo‘lyapti. Mavsumni davom ettirishga ruxsat berilganidan keyin jamoalarda jismoniy holat bo‘yicha muammo bo‘lmasa kerak.

Superliga davom ettirilishni boshlagach yo‘qotilgan kunlar hisobiga taqvim o‘zgaradi va tig‘ishlashadi. Buni plyus tomonlari ham bor. Xususan, barcha futbolchilarda o‘yin amaliyoti ko‘proq bo‘ladi. Murabbiylarda tarkib bo‘yicha rotasiya qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Zaxirada qolib ketayotgan o‘yinchilarda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Karantin vaqtida hukumatimiz tomonidan aholiga turli talablar qo‘yilmoqda. Bu albatta sog‘lig‘imizni o‘ylab qo‘yilayotgan talablardir. Biz mazkur talablarni hurmat qilib, ularga qat’iy ravishda amal qilsak va bir musht bo‘lsak, koronavirusni yengamiz hamda hayotimizda yangi sahifa ochamiz", — dedi Anvar G‘ofurov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 19:07, 09.04.2020.
O'qildi: 3855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.