Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Pepning nishonga tegmagan o‘qlari

Pepning nishonga tegmagan o‘qlari

Baho:
+ | -

Stadion.uz Pep Gvardiolaning omadsiz transferlarini esga olib o‘tadi.

Gvardiola faoliyatidagi eng omadciz transfer sifatida Zlatan Ibrahimovichni ko‘rsatishlariga o‘rganib qolganmiz. Ispaniyalik mutaxassisning yana qanday omadsiz transferlari bilan tanishsiz? Bugun Pep tomonidan yakunda hech qanday naf keltirmagan haridlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Jon Stounz

Angliyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan himoyachi haqida bunday fikr bildirish bir qarashda noto‘g‘ridek tuyular, biroq 50 million yevrolik himoyachi o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagani ayni haqiqat! Pep jamoasida doimo himoyachilar katta hajmdagi ma’suliyatli ishni amalga oshirishiga o‘rganib qolganmiz. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Jon “Manchester Siti” tarkibidagi eng ko‘p pozision xatoga yo‘l qo‘yuvchi himoyachi ekan. Darhaqiqat, Jon shaharliklarning mutlaq g‘olibligi bilan yakunlangan 2017/18-yilgi mavsumda atigi 18 bor maydonga tushgan xolos. Pep 50 million yevrolik himoyachiga hech qachon eng muhim vazifalarni topshirmagan. Shunday ekan, bu transferni omadli deb bo‘lmaydi.

Aleksandr Gleb

Kataloniyaga ko‘chib o‘tish Glebning faoliyatida oldinga qadam bo‘lishi kutilgan edi. Sababi, belaruslik futbolchi APLda o‘zini juda yaxshi namoyish etgan va yangi chaqiruvlarni qabul qilishga tayyor ekanligini barchaga isbotlab qo‘ygan edi. 2008-yilda “Barselona” libosini kiygan futbolchi Gvardiola kutgan effektni bergani yo‘q. Pep yarim himoyachi uchun 15 million yevro sarf etgan bo‘lsada, undan deyarli foydalangani yo‘q. Aleksandr 4 yil davomida turli klublarda ijara asosida harakat qildi va o‘z yurtiga qaytib ketdi. Keyinchalik, “Arsenal”ni bekor tark etganini o‘zi ham tan oldi.

Ibrohim Afellay

Gollandiyalik iqtidor egasi 2010-yilda shaxsan Gvardiolaning talabi bilan “Barselona” tomnidan sotib olinadi. Tezkor, qanotda ham,markazda ham birdek to‘p surishga qodir futbolchi yangi yulduz bo‘lishi taxmin qilingan edi. Boz ustiga, uni shaxsan Pep jamoada ko‘rishni istagani Afellayni katta bosim ostida qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, Messi, Vilya, Xavi, Inyesta singari futbolchilari bor jamoaning asosiy tarkibiga kirish oson bo‘lmaganini inobatga olish darkor. Afellay bor yo‘g‘i 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi xolos. Turli klublardagi ijaralar ham uni Kataloniya klubida oqlishini ta’minlay olgani yo‘q. Oqibatda, 2015-yil Ibrohim Angliyaning “Stok Siti” jamoasiga o‘tib ketdi.

Nolito

Gvardiolaning “Manchester Siti”dagi birinchi xaridlaridan sanalmish Nolito borasida ilq so‘zlarni aytishimiz mumkin. Ispaniyada o‘zini ko‘rsata olgan hujumchi APLga o‘tgach, avvaliga naf keltirgandek ko‘rindi, biroq yakunda omadsiz transferga aylanib qoldi. Tumanli albiondagi shiddatga dosh bermagan ispan sekin-asta tarkibdan tushib qolishni boshladi. Tezkorlik birinchi o‘ringa ko‘tariladigan musobaqada texnikaga tayangan futbolchidan katta naf yo‘qligini anglagan Gvardiola uning ketishi ruxsat berishdan boshqa chora topa olmadi. Ushbu transfer sababli “shaharliklar” 11 million yevro yo‘qotishdi. Bundan tashqari, Pep o‘zi istagan saviyadagi ijrochilarni tanlashda yana bir bor adashganini rasman tan oldi.

Dmitriy Chigrinskiy

Dmitriy Ukraina futboli tarixidagi “Barselona”da to‘p surgan yagona futbolchi sanaladi. Qahramonimiz Kataloniyaga ko‘chib o‘tishidan avval ispan tilini o‘rgangan, jamoaning o‘yin uslubini amaliy o‘zlashtirish ishlarini olib borganiga qaramay, uning transferi omadsiz bo‘lib chiqdi. Vaholanki, himoyachi uchun “Barsa” 25 million yevrodan voz kechgan edi. O‘sha davrlar uchun ancha katta summa bo‘lishiga qaramay, Gvardiola Chigrinskiy uchun yetarlicha o‘yin amaliyotini taqdim eta olmadi. Qaysidir ma’noda murabbiyni ham tushunsa bo‘ladi. Jamoada Pike va Puyolsingari ijrochilar bor paytda, Chigrinskiyda imkoniyat o‘z-o‘zidan kamayishi aniq. Afsuski, ukrainalik futbolchi jamoada qolishni uddalay olmagach, ortga “Shaxtyor”ga qaytib keldi. Ayni damda, himoyachi Gresiyaning AEK klubi sharafini himoya qilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:21, 11.04.2020.
O'qildi: 6027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.