Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Eng yaxshi oltinchi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Eng yaxshi oltinchi»

Baho:
+ | -

12 aprel. Bobbi Mur. 1941 yili Londonda tug‘ilgan va markaziy himoyada namunaviy o‘yin ko‘rsatib yashagan iqtidor egasi. Vest hem Yunaytedning o‘n yildan ziyodroq sardori, Angliya terma jamoasining lideri, 1966 yilgi jahon chempioni. Bosh jamoada 108 bora maydonga tushgan. Futbol tarixida eng kuchli himoyachilardan biri sifatida e’tirof etiladi. Qirol Pele o‘zi ko‘rgan himoyachilar ichida Murdan kuchlisi bo‘lmaganini aytgan.

O‘sha 66-yilgi mundial aslida inglizlarning hujum chizig‘i bilan emas, Mur va darvozabon Gordon Benksning yuqori mahorati evaziga finalga chiqqani bilan eslanadi. Yarim finalgacha Angliya gol o‘tkazib yubormagan. Bobbi Mur oxirgi o‘yinda himoyada zo‘r o‘ynabgina emas, muhim bo‘lgan to‘rtinchi golga assist bo‘lgani bilan faxrlanardi. Jeffri Xerstning goli nemislarni ko‘mib qo‘ya qolgan o‘sha kun.
O‘sha yili u kumush to‘p sovrindori bo‘lgan, ramziy terma jamoadan joy olgan.

Murabbiylik borasida Bobbi Mur katta natijalar qayd eta olmadi. Oksford Siti va Sautend Yunayted, so‘ng Gonkongning Istern klublari uning darajasi emas-da. Shu bois, Mur murabbiylik faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan.

Bobbi 1993 yili oshqozonidagi saraton tufayli dunyodan ko‘z yumdi. Qizig‘i, u bu kasalligini ikki yil oldin bilgan, hech kimga bildirmay kurashib yurgan. Do‘xtirlar, oilasi va o‘zi bilardi. Turli marosimlarga borgan, do‘stlarini taklif qilgan. Shu bois, vafotidan o‘n kun oldin e’lon qilinganida, tanishlari muzlab qolishgan: qanaqasiga, bo‘lishi mumkin emas, deb.

U to‘p tepib yurgan paytlari hujumchilarning zarbalariga ko‘ksini tutaverganidan, darvoza to‘siniga ko‘p urilganidan hazillashishardi: bir kuni ko‘ksi teshilib o‘ladi-da bu bola, deb. Ko‘ksi teshilmadiyu, oshqozonida shu holat kuzatildi. Sababi, oltmishinchi yillarda Yevropani harob qilgan ichkilik va tamaki. Mur tunda zo‘r bazo‘r bazaga kelib, mashg‘ulotga hammadan oldin yetib borardi. Sheriklari aytishadi: Bobbi pivoxonadan hammmadan keyin ketadi, mashg‘ulotga hammadan oldin keladi.

Bugungi kunda Mur sharafiga Uemblida bronza statuya o‘rnatilgan. FIFAning sharaflilar zalida futbol tarixidagi 22 afsona ichida surati bor. Vest hem 6-raqamni muomaladan chiqargan, Bobbi Murniki hisoblanadi.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 07:04, 11.04.2020.
O'qildi: 3559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.