Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘FA huzuridagi hududiy futbol assosiasiyalari ish faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda

O‘FA huzuridagi hududiy futbol assosiasiyalari ish faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin qoidalari amal qilmoqda.

Ushbu qoidalarga toʼliq rioya qilgan holda Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha boʼlinmalari ham oʼz faoliyatini masofadan turib davom ettirishmoqda.

Mutaxassislar uy sharoitida rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalar boʼyicha ish olib borishyapti.

Shu jumladan, hududiy futbol assotsiatsiyalari xodimlari ham masofadan turib ish-faoliyatini davom ettirishmoqda. Onlayn videomuloqot orqali esa amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinyapti.

Bugun OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov barcha hududiy futbol assotsiatsiyalari rahbarlari bilan videomuloqot oʼtkazdi. Unda assotsiatsiyalarning karantin davridagi ish jarayoni, hududlarda murabbiylar tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalasi toʼxtab qolmasligi, mashgʼulotlarning uydan turib onlayn tarzda oʼtkazilishini tashkil etish, karantindan keyin hududiy musobaqalarni qanday tartibda davom ettirish kabi masalalar, shuningdek birinchi chorak yakunlari muhokama etildi.

Qolaversa, Futbol mahorati maktablariga doir “Nizom” loyihasiga ayrim qoʼshimchalar kiritish masalasiga ham alohida toʼxtalib oʼtildi. Jumladan, Futbol mahorati maktablariaro tashkil etiladigan musobaqalarda uchrashuvlar neytral hakam tomonidan boshqarib borilishi lozimligi, shuningdek, bundan buyon kichik yosh toifalaridan boshlaboq har bir futbol uchrashuvlari videotasmaga yozib olinishini yoʼlga qoʼyish taklif qilindi.

Hududiy futbol assotsiatsiyalari joylarda Viloyat sport boshqarmalari bilan yaqindan hamkorlikni yoʼlga qoʼyishi, viloyatlarning chekka tuman va qishloqlarida ham murabbiylar tayyorlash, ularni OʼFАning murabbiylik litsenziyasi kurslarida tahsil olishlari uchun imkoniyat yaratish lozim ekani belgilab qoʼyildi.

Shuningdek, iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish – selektsiya tizimini mukammal ishlab chiqish boʼyicha alohida ishchi guruhlar tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Mutaxassislar ushbu masalalar boʼyicha oʼzaro fikr almashib, belgilangan vazifalarni uy sharoitida masofadan turib amalga oshirishda davom etishlariga kelishib olindi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bu kabi videomuloqotlar muntazam ravishda oʼtkazib boriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:08, 11.04.2020.
O'qildi: 1411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.