Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Aleks Fergyusonnig omadsiz transferlari (Ramziy jamoa)

Aleks Fergyusonnig omadsiz transferlari (Ramziy jamoa)

Baho:
+ | -

Stadion.uz Ser Aleks Fergyusonnig omadsiz transferlarini yodga olib o‘tadi.

Ser Aleks futbol olamining tirik afsonasi. Qahramonimiz “Manchester Yunayted”ni super darajaga chiqishi uchun juda katta hissa qo‘shgan inson sifatida tarixda abadiy qolishi aniq. Uning transferlar borasida topqirligi tahsinga sazovor. Ronaldu, Kin, Kontana, Runi singari futbolchilarni erta ilg‘agan murabbiy ham o‘z vaqtida omadsiz transferlarga qo‘l urgan. Bugun ana shunday omadsiz transferlardan tashkil topgan razmiy jamoani e’tiboringizga havola etamiz.

Darvozabon — Massimo Taibi

Taibining oldida kimsan Peter Shmeyxelning o‘rnini to‘ldirish vazifasi qo‘yilgan edi. 1999-yilda 4,5 million yevro evaziga (o‘sha davrlarda darvozabonlar uchun katta summa) xarid qilingan kiper o‘zining ilk uchrashuvidayoq “Chelsi” jamoasidan 5 ta gol o‘tkazib yuboradi. Keyingi o‘yinda esa “Sautgempton” futbolchisi Massimoning xatosidan unumli foydalanib “qizil iblislar”ni ochko yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Omadsiz debyutdan so‘ng, Fergyuson darvozabonga boshqa ishonch bildirmaydi va ko‘p o‘tmay “Manchester Yunayted” Massimoni ijaraga berib yuboradi.

Chap qanot himoyachisi Kvinton Forchun

Forchun ham Taibi singari 1999-yilda “Manchester Yunayted” libosini kiyadi. Afsuski, 1,5 million funt evaziga “Atletiko”dan sotib olingan futbolchining transferi yakunda o‘zini umuman oqlamagani bilan yodimizda qoldi,xolos. Aslida yarim himoyachi bo‘lgan futbolchini Fergi bobo faqat chap qanot himoyasida maydonga tushiradi. Kvinton tumanli albionda 2006/07-yilgi mavsumgacha qolib ketganiga qaramay, hech qachon asosiy tarkib futbolchisi sifatida bosh rolda bo‘lmagan. Shotlandiyalik murabbiy undan faqat rotasiya sifatida foydalangan xolos. Aslida Forchundan ko‘prog‘ini kutishgan edi.

Markaziy himoyachi Vilyam Prunye

1995-yilda “qizil iblislar” himoyasi jarohat olgan futbolchilar bilan to‘lib ketgani bois Prunye Fransiyadan Angliyaga olib kelinadi. Qahramonimiz “Tottenxem” va KPR jamoalariga qarshi uchrashuvda himoya markazida Nevill bilan birgalikda tandemda harakat qiladi va juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi. Oqibatda, Fergyuson himoyachini 2 ta uchrashuvdan so‘ng Kopengagen klubiga ijaraga berib yuboradi.

Markaziy himoyachiPet MakGibbon

Fergyuson MakGibbonni Irlandiyaning yarim professional chempionatidagi o‘yinlarini yuqori baholaydi va jamoasiga taklif qiladi. Barchaning e’tiborini o‘ziga qaratgan himoyachi klub safidagi birinchi uchrashuvidayoq qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Bundan g‘azablangan Fergyuson uni 5 yil davomida birorta uchrashuvda maydonga tushirmaydi. Bechora himoyachi shartnomasi yakuniga yetgach, o‘z yurtiga qaytib ketadi.

O‘ng qanot himoyachisi — Devid Mey

Devid 1994-yilda markaziy himoyachi maqomida 1,2 million yevroga xarid qilinganiga qaramay, jamoadagi raqobat sababli o‘ng qanot himoyasida harakat qilishni boshladi. Afsuski, o‘sha paytlari Garri Nevill o‘sib kelayotgan yosh iqtidorli futbolchi sifatida uni zaxiraga mixlab qo‘yadi. Markazda ham,qanotlarda ham raqobatga dosh bermagan futbolchi jamoadan ketishga majbur bshladi.

Chap qanot yarim himoyachisiZoran Toshich

Moskvaning SSKA jamoasidagi o‘yinlari bilan barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Toshich o‘z vaqtida 7 million yevro evaziga “Partizan”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tadi. 2009-yilda Tumanli albionga tashrif buyurgan futbolchi atigi ikki bor maydonda ko‘rinish beradi,xolos. Keyingi mavsumda Ser Aleks uni «Kyoln»ga ijaraga berib yuboradi.

Markaziy yarim himoyachiBebe

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng omadsiz transfer bilan tanishtirib o‘tamiz. Darhaqiqat, portugaliyalik futbolchi uchun “Manchster Yunayted” 7 million yevrodan voz kechganiga qaramay, bu transfer klub uchun hech qanday naf bergani yo‘q. Keyinchalik Fergyusonning o‘zi Bebening o‘yinlarini kuzatmay turib xarid qilganini tan oldi. O‘zining ilk mavsumida atigi 7 bor maydonda ko‘rinish bergan Bebe “Benfika”ga ijaraga berib yuboriladi. Keyinchalik “qizil iblislar” yarim himoyachini ortga qaytarishni istashmaydi.

Markaziy yarim himoyachi Kleberson

Braziliyalik futbolchi 2002-yildagi JCHda g‘olib chiqqach, “qizil iblislar” uning transferi uchun 6,5 million funtdan voz kechishdi. Shaxsan Luis Felippe Skolarining tavsiyasi bilan APLga tashrif buyurgan futbolchi ikki mavsum davomida atigi 20 ta o‘yinda ko‘rinish berdi xolos. Futbolchining salohiyati “qizil iblislar” darajasida emasligi ma’lum bo‘lgach, klub uni “Beshiktosh”ga sotib yubordi.

O‘ng qanot yarim himoyachisiKarel Poborski

1996-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining ramziy jamoasidan o‘rin olgan Karelning kelajagi borasida hech kimda shubha yo‘q edi. O‘sha yili Chexiyada yil futbolchisi sifatida tan olingan Poborski “Manchester” safida yo‘qolib qoldi. Qaysidir ma’noda bunga Devid Bekxemning jamoada ekanligi ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Ser Aleks qo‘lida 1,5 yil shug‘ullangan futbolchi “Benfika” safiga borib qo‘shilishdan boshqa chora topa olmaydi.

HujumchiDavid Bellyon

“Yunayted” Davidni qo‘lga kiritish uchun biroz ayyorlik ishlatadi. Futbolchining shartnomasi yakunlanishi arafasida yashirin muzokaralar o‘tkazgan jamoa yakunda “Sanderlend”ga 2 million kompensasiya to‘lashga majbur bo‘ladi. Afsuski, hujumchi ikki yil davomida aytarli birorta epizodda ham ko‘rinish bermay, klubni tark etadi.

Hujumchi Dun Fanchjo

Manchester shahri jamoasi tarixidagi eng g‘alati transfer sifatida barchaning yodida qolgan xitoylik futbolchi uchun “qizil iblislar” “Dalyan Shide” klubiga 500 ming yevro to‘lashan edi.

2004-yilda klub libosini kiygan futbolchi birorta gol kiritmagan bo‘lsada, jamoaning Osiyo bozoridagi marketing ishlarining siljishi uchun katta qadam vazifasini o‘tab beradi. Keyinchalik, bu faktni hech kim yuzaga chiqarmagan bo‘lsada, barcha transferning asl mohiyatini anglab bo‘lgan edi. Fanchjo 4 yillikshartnomanito‘liqo‘tab bo‘lgach, yurtiga qaytib ketadi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:54, 12.04.2020.
O'qildi: 8305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.