Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«Barsa»da mojaro davom etadi: pullar o‘marilgani isbotlanmoqda

«Barsa»da mojaro davom etadi: pullar o‘marilgani isbotlanmoqda

Baho:
+ | -

"Price Waterhouse Coopers" (PWC) kompaniyasi «Barselona» klubining "I3 Ventures" kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasini audit qildi.

Fevral oyida «Barsa» klubi "I3 Ventures"ga pul to‘lab, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlar orqali klub prezidenti Jozep Bartomeuning obro‘sini ko‘tarishga uringan edi. Ushbu soxta profillar klub futbolchilari — Lionel Messi va Jerar Pikening ustidan kulishgan edi. Bu holat esa o‘sha paytdayoq klub ichida katta mojaroni keltirib chiqargan edi.

Kataloniyaning "Diario Sport" nashri audit tekshiruvlari bo‘yicha ba’zi xulosalarni e’lon qildi.

1. "PWC"ning tan olishicha, "I3 Ventures"ga haddan tashqari ko‘p pul to‘langan. Konsalting kompaniyalari odatda bunday xizmat uchun 120 000 yevrodan 150 000 yevroga pul olishadi. «Barsa» esa "I3 Ventures"ga 980 000 yevro to‘lagan;

2. "I3 Ventures"ning faoliyati shubhali. Kompaniya Urugvayda joylashgan. Ispaniyada arzon narxga sifatli xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar bo‘lib turib, aynan ushbu tashkilot tanlangani shubhali;

3. Maxsus qo‘mitaning ruxsatini olishdan qochish uchun pullar 5ga bo‘lib o‘tkazilgan. Shartnoma miqdori 200.000 yevrodan ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, qo‘mita ruxsatini olish talab etiladi.

4. «Barsa» "I3 Ventures"ga tegishli 5ta turli kompaniyalar bilan shartnoma imzolagan. Ularga taxminan 198000 yevrodan pul o‘tkazilgan. Tuzilgan shartnomalar esa deyarli bir xil ko‘rinishda bo‘lgan.

Audit tekshiruvi hali yakunlanmadi, koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona"ning iste’foga chiqarilgan vise-prezidenti Emili Ruso "I3 Ventures" bilan tuzilgan shartnomani klub g‘aznasini o‘marishga taqqoslagan edi. Ammo keyinchalik bu ayblovni inkor qilib chiqdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:25, 12.04.2020.
O'qildi: 6377 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.