Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Dilshod Jo‘rayev: «Murabbiylarning ko‘rsatmalari asosida shug‘ullanyapman»

Dilshod Jo‘rayev: «Murabbiylarning ko‘rsatmalari asosida shug‘ullanyapman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmayapti.

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o‘tkazishmoqda? Mavsum qay tarzda boshlandi? Bugun bu haqda AGMK jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri – Dilshod Jo‘rayev bilan suhbatlashdik.

“Hukumat kiritgan qoidalarga rioya egan holda karantinni oila davrasida o‘tkazmoqdaman. Farzanandlarim bilan turli qiziqarli o‘yinlar o‘ynab, vaqtni mazmunli o‘tkazishga harakat qilyapman.

Sport bilan shug‘ullanish uchun uyda yetarli sharoitlar mavjud  va murabbiylar bergan ko‘rsatmalar asosida mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Sportchi uchun vaznni me’yorda saqlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga qat’iy rioya etish lozim.

Fikrimcha, jamoamiz mavsumni yaxshi boshladi. Ortda qolgan 3 tur davomida mag‘lubiyatga uchramadik. Maqsadimiz Coca Cola Superligasida kuchli uchlikka kirish va OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat”,  – dedi Jo‘rayev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:55, 12.04.2020.
O'qildi: 2434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик