Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Maradona Messi haqida: "O‘yindan oldin 20 marta hojatga qatnaydigan futbolchini sardor qilishdan maqsad nima?"

Maradona Messi haqida: "O‘yindan oldin 20 marta hojatga qatnaydigan futbolchini sardor qilishdan maqsad nima?"

Baho:
+ | -

Diyego Armando Maradona. Faqat futbolchi sifatidagi o‘tmishi maqtashga arzigulik, hayotining qolgan sahifalarida esa qora chiziqlar ko‘proq bo‘lgan murakkab shaxs. E’tiboringizga ana shu insonning fikrlarini taqdim etamiz.

Messi haqida

«O‘yindan oldin yigirma marta hojatxonaga boradigan futbolchini sardor qilishdan maqsad nima?»

«Messi — ajoyib futbolchi, ammo yomon yetakchi».

«Messi yaxshi futbolchi, ammo hech kim u eng zo‘ri emasligini inkor qila olmaydi».

«Messi — zo‘r futbolchi, uning hayotini ko‘rganimda har kuni Messi Argentinada tug‘ilganiga shukr qilaman».

«Kelinglar, Messi futbol ilohi deyishni to‘xtataylik. U Argentina termasining oddiy futbolchisi, xolos».

 

Ronaldu

«Ronaldu argentinalik bo‘lishini istardim, ammo bizda unday futbolchilar bor, masalan, Gabriel Batistuta. Messi ham menga ko‘proq yoqadi».

«Ronaldu — haqiqiy kuch. U uchta gol uraman, deydi va uchta gol uradi».

 

Bekxem

«Futbolda Bekxemga o‘xshagan yuzlab futbolchilar bor».

«Bekxem doim qiz do‘sti bilan band edi, ammo ba’zan futbolga ham vaqt ajratib turardi. Yomon futbol o‘ynamagan».

«Bekxem — ajoyib odam va men ishonamanki, u Angliya terma jamoasida 100 ta o‘yinda maydonga tushadi (Bekxem terma safida 115 ta o‘yinda maydonga tushgan — sayt). Ammo yaxshi futbolchi, bor-yo‘g‘i shu.

 

Pele

«Dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligi borasida ikkilanish yo‘q edi: menmi yoki Pele? Ko‘pchilik meni tanlardi».

«Pele Neymarni Messidan kuchli dedi? Yo‘q, u shunchaki noto‘g‘ri dori ichib qo‘ygan».

«Pelega ayting, muzeyga qaytsin».

«Yosh insonning qanday qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Pele oxirgi 20 yilda hech narsa qilmadi. Hatto uni supermarketda ham ko‘rmaysiz. U faqat katta tadbirlarda qatnashadi va FIFA prezidentining orqasida yuradi. U shunchaki qo‘g‘irchoq».

 

Terma jamoa

«Eng yaxshi terma jamoa murabbiyi kim? Del Boske».

«Ispaniya terma jamoasini boshqargan Lopetegi hatto klubda ishlashga ham loyiq emas».

«Hammasi Sampaoli uchun qilindi: kompyuterlar, assistentlar… Ammo Argentina terma jamoasi hech narsaga erisha olmadi".

 

Manba: sportbox.ru
Kiritildi: 22:39, 12.04.2020.
O'qildi: 8591 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик