Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Xayrulla Hamidov maqolasi: Futbol tarzani

Xayrulla Hamidov maqolasi: Futbol tarzani

Baho:
+ | -

13 aprel kuni "Barselona" klubi afsonasi Karles Puyol 42ga kirdi. Ko‘z o‘ngimizda tarix yozgan va maydondagi jangchilarga haqiqiy o‘rnak bo‘lgan yigit shu bo‘ladi.

"Real" muxlislari ham Karlesni hurmat qilishadi. Garchi faoliyati boshlarida murabbiylar uning o‘yinidan rozi bo‘lmay, qay bir klubga o‘tishi lozim bo‘lib qolganida, taklif faqatgina qirollik klubidan tushganida, “Hech qachon! "Real"ga o‘tmayman. Undan ko‘ra futbolni yig‘ishtirib qo‘ya qolaman!” degan yigit shu Puyol bo‘lsa-da...

Karles faoliyatini darvozabonlikdan boshlagan. Onasiga yoqmagani uchun himoyaga o‘tib o‘ynashni boshlagan. Futbolga umuman qiziqmaydigan va ikki martagina Barsa ishtirokidagi uchrashuvni stadiondan kuzatgan onaxon o‘sha qarori bilan ajoyib iqtidorni kashf etganini bilarmikan?

Puyol burnini sindirib olganida, maska taqib o‘ynagan. Ancha uchrashuv. Muxlislar o‘zini noqulay his etayotgan himoyachini qo‘llab-quvvatlash uchun bir kuni ajoyib aksiya uyushtiradilar – butun stadion maska taqib tomosha qilgan "Barselona" o‘yinini. Hurmatni qarang!

Puyolni nima deb atashgan, bilasizmi? Tarzan, Temir Karles va “Sheryurak”.

Xavi u haqda shunday deydi: "U sher kabi qo‘rqmas va adolatli”. Supermen degan nomi ham bor va buning tarixi mavjud.

Karles yoshligida mahallasiga kelgan sirkdan ilhomlanib, uydagilaridan supermenning libosini olib berishni so‘raydi. Bolakayning gapiga yo‘q degan javob beriladi. Karles e’tiroz qilib ikkinchi qavatdagi uyidan sakraydi. Uning bobosi bu voqeani eslar ekan, Karlesga keyinchalik libos olib berildimi, yo‘qmi, eslolmaymanu, ammo hech vaqo qilmaganini bilaman. Axir, u temirdanku...”

Karles Puyol bir klubda o‘ynadi. Faqat. 593ta rasmiy uchrashuv. 18ta gol. Barsa tarkibida olti marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, ikki marta kubok sog‘ibi va uch bora YECHL sovrindori. Ispaniya terma jamoasi bilan esa, jahon va qit’a chempioni. Yana nima kerak futbolchi uchun, aytingchi? Ham sovrinlar ham yetarli, maydondagi tantiligi va adolatliligi ham yetarli.

Ajoyib himoyachi, futbol uchun o‘rnak daho!

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

Пуйолнинг "Барселона" таркибида йўллаган 18 голи

Kiritildi: 07:07, 13.04.2020.
O'qildi: 4388 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.