Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Sardor»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Sardor»

Baho:
+ | -

Yaqinda Futbol tv kanali orqali 1999 yilgi “Lasio” – Milan” uchrashuvini sharhladim. Hisobni bilardim, biroq yoshligimning zavqli onlariga to‘g‘ri kelgan bahs 4:4 bilan tugagani uchun hujumkor o‘yin sifatida yodimda qolib ketgan ekan. Aslida himoya yurtida bunaqa hisob qayd etilishi g‘alati bo‘lsa ham.

O‘sha o‘yinni diqqat qilib kuzatdim va hisobning bu qadar yiriklashib ketishiga himoyachilarning yomon o‘yini sabab bo‘lganini angladim. Kamdan kam sodir bo‘ladigan hodisa, lekin o‘sha kuni shu ish voqe’ bo‘lgan ekan.

Ayniqsa, Roberto Ayyalaning xatosini ko‘rib hayron qoldim. Axir, u xotiramda himoya qo‘rg‘oni sifatida gavdalanib qolgan edi.
 
Bugun Roberto Ayyalaning tavallud topgan kuni. 47 yoshga kirdi. Uning nomini eshitganlar bo‘lsa, demakki, yaqin o‘tmish futbolidan ma’lumoti bor muxlislar. Hozirgi avlod bilmasligi ayb emas. Ular uchun bu tanishtiruv, eskilar uchun eslatuv.

1973 yili Argentinaning Parana shahrida tug‘ilgan Ayyala mamlakatning eng yaxshi himoyachilaridan hisoblanadi. 2004 yilgi Olimpiada chempioni. Terma jamoaning uzoq yillik sardori. 115 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u to‘rtinchi o‘rinda – Zanetti, Maskerano va Messidan keyin.

Sichqoncha laqabini 1974 yilgi mundial ishtirokchisi va g‘olibi Ruben Ayyaladan meros qilib olgan. Vaholanki, familiyadosh bo‘lsa-da, bu ikkisi bir-biriga umuman qarindosh emas.

"River Pleyt" tarbiyalanuvchisi. Italiyaning "Napoli"siga o‘tib, uch yildan so‘ng "Milan" tarkibiga qo‘shilgan. Asr oxirida milanliklar safida skudetto g‘olibi bo‘lgan. 2000 yili Valensiya klubi bilan shartnoma imzolab, rosmana klubini topadi. Ushbu klubda Roberto yetti yil faoliyat olib borgan va ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Ikki marta YECHL finaliga chiqqan. UYEFA kubogini qo‘lga kiritgan va 2004 yili superkubok sohibiga aylangan.

Keyingi jamoalari – "Vilyarreal" va "Saragosa" Roberto Ayyala bilan eslanmaydi. Asosan "Valensiya" hamda terma jamoasi.

Uch mamlakat chempioni – Argentina, Italiya va Ispaniya. 2000 yili Yevropaning eng yaxshi himoyachisi bo‘lgan. E’tibor bering, bu natija Italiya himoyachilari dunyoni boshqarayotgan paytida qayd etilgan. Sababi, uning harakatlari italyancha futbolning, katinachchioning naq o‘zginasi edi. Hozirgacha "Valensiya" va Argentina terma jamoasi Roberto Ayyala kabi qo‘rqmas himoyachini sog‘inadi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

Роберто Айяла фаолиятидан бир чимдим...

Kiritildi: 07:07, 14.04.2020.
O'qildi: 3868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик