Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pogba: "Suness kim ekanligini hatto bilmayman"

Pogba: "Suness kim ekanligini hatto bilmayman"

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba uni bir necha bor tanqid qilgan "Liverpul" klubining sobiq bosh murabbiyi Grem Sunessning so‘zlariga o‘z munosabatini bildirdi.

- Men hatto Grem Suness kim ekanligini bilmayman. Men uni yaxshi futbolchi bo‘lganini eshitganman, bor gap shu. Men uning yuzini ko‘rmaganman, ammo ismini eshitganman. Avval ham aytganman, men tez-tez spekulyatsiyalarni tinglaydigan odam emasman. Men juda ko‘plab futbolchi uchrashuvlarini tomosha qilaman, lekin muhokama qilmayman. Men diqqatimni futbolga qaratishni yaxshi ko‘raman, – dedi Pogba UTD Podcastga bildirgan munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Suness - "Liverpul" tarkibida Angliyaning besh karra chempioni, uch karra Yevropa Chempionlari Kubogi sohibi. Suness murabbiy sifatida "Liverpul" bilan Angliya Kubogida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 23:43, 14.04.2020.
O'qildi: 2972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.