Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Vidal“Inter”da?!

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal yozda “Inter” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Sport.es nashri bergan xabarlarga qaraganda Milan shaxri jamoasi Vidal bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishish arafasida turibdi.

Hozircha, “Barselona” chililik futbolchi borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.

“Arsenal” Partiga yaqinlashdi

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Tomas Parti “Arsenal” futbolchisi bo‘lishga yaqin turibdi.

Sky sport nashri bergan xabarlarga qaraganda, London klubi ganalik futbolchi uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor va bu summa to‘liq “Matraschilar”ni qoniqtiradi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi yozda “Arsenal”ning birinchi transferiga ayalanadi.

“Atletiko” turk futbolchisini nishonga oldi

 

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi Turkiyaning “Galatasaray” jamoasi yarim himoyachisi Mustafa Kapi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Diario AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, ispanlar 17 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni istamoqda.

Gap shundaki, Mustafa va Istanbul klubi o‘rtasidagi shartnoma 30 iyun sanasida o‘z yakuniga yetadi.

E’tiborlisi shundaki, futbolchining agenti allaqachon “Valensiya”, “Selta” va “Xetafe” jamoalari bilan muzokaralar o‘tkazishga ulgurdi.

Perishich ortga qaytadimi?

 

Myunhenning “Bavariya” jamoasi “Inter”dan sotib olish sharti bilan ijaraga olgan Ivan Perishichning transferi borasida o‘ylanib qoldi.

Gazzetta.it nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi Perishichning shartnomasini sotib olish borasida shoshmaslikka qaror qilgan.

Virus sababli muoliyaviy muammolarga uchrayotgan “Bavariya” xorvatiyalik futbolchi borasidagi yakuniy qarorini may oyining so‘nggi kunlarida rasman e’lon qiladigan bo‘ldi.

Eslatibo‘tamiz, 31 yoshlifutbolchi “Bavariya” safida 4 tagolva 4 taassistniamalgaoshirishgamuvaffaqbo‘lgan.

“Ayaks” Onananing narxini e’lon qildi

 

Gollandiyaning “Ayaks”klubi oz darvozaboni – Andrea Onana borasida yakuniy qarorga keldi.

“L’equipe” nashri bergan xabarlarga qaraganda, gollandlar darvozabonni 50 million yevrodan kamiga sotmoqchi emasligini rasman ma’lum qilgna.

Eslatib o‘tamiz, Andrea bilan “Chelsi”. PSJ, “Tottenhem” va “Barselona” klublari qiziqib qolgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:48, 15.04.2020.
O'qildi: 7922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.