Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Pogrebnyak: «O‘zbekistonda 3 oy maosh olmaslik odatiy hol»

Pogrebnyak: «O‘zbekistonda 3 oy maosh olmaslik odatiy hol»

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” klubining rossiyalik legioneri Kirill Pogrebnyak sputniknews.ru nashri uchun intervyu berib o‘tdi. “Temiryo‘lchilar” hujumchisi suhbat davomida o‘zbek futboli, klublar saviyasi va to‘lanmayotgan maoshlar borasida o‘z fikrlari bilan o‘roqlashdi.

Oilam bilan aloqadaman

— Kirill,siz mana 4 oydan beri O‘zbekistonda istiqomat qilyapsiz. Siz avval to‘p surgan Shvesiya bilan solishtirganda, O‘zbekiston umuman boshqa sayyoradek his uyg‘otmayaptimi?

— Albatta, farq juda katta. Barcha joyda o‘zining plyusi va minusi mavjud. Agar texnologiya borasida so‘z ketsa, Shvesiya O‘zbekistondan shunchalar ilgarilab ketganki, ularni solishtirishning o‘zi g‘alati. Misol uchun, siz Shvesiyada taksi chaqirsangiz “Mercedes” yoki “Tesla” rusumidagi mashinalardan biri keladi. Bu yerning odamlari bunday mashinalar Shvesiyada taksi sifatida harakatlanishidan bexabar ham bo‘lishsa kerak.

— Sizni jamoa qanday qabul qildi? Jamoadoshlaringiz bilan tezda til topishib ketdingizmi?

— Jamoa meni juda yaxshi kutib oldi. Ularning deyarli barchasi rus tilida so‘zlashadi. O‘zbekstonda barcha rus tilida so‘zlashadi. Shu sababli adaptasiya borasida muammolar kelib chiqmadi.

O‘zbekiston oshxonasiga ko‘nikishga ulgurdingizmi?

— Mahalliy oshxona menga juda manzur keldi. Shunga qaramay, bu taomlar spotchilar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Juda ham yog‘li ekan.

— O‘zbekistonda ham virus sababli pauza e’lon qilinganmi?

— Ha,bizda ham musobaqalar to‘xtatilgan. Bu qancha davom etishidan xabarimiz yo‘q. Har xil mish-mishlar yuripti, biroq aniq bir fakt yo‘q. Shunga qaramay, ko‘chaga chiqish taqiqlanmagan. Shu sababli har kuni katta masofalarga yugurish orqali o‘z sport formamni saqlab turishga intilyapman.

— Sizning oila a’zolaringiz va do‘stlaringiz Rossiyadagi virus bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazib turishibdimi?

— Oila a’zolarim bilan doimo aloqadaman. Men hozir Toshkentdaman. Butun oilam esa, Moskvada. Aslida Moskvada ehtiyot choralarini endigina ko‘rishni boshlashdi. Bu yerda barchasiga juda jiddiy e’tibor berishmoqda. Karantin qoidalariga rioya qilmaganlar jarimaga tortilmoqda.

— Siz Rossiyadan to‘g‘ri Shvesiyagayo‘l oldingiz. Boshqa variantlar ham bor ediku?!
— Ha,men ko‘rikdan o‘tish maqsadida avval Qozog‘istonga bordim. Tan olish lozim, futbolga oid bo‘lmagan sabab tufayli u yerda qolmadim. Shvesiyada esa, futbolchilik mahorati va insoniy hislar birinchi o‘rinda bo‘lgani uchun meni olib qolishdi.

— FNL, Shvesiya birinchiligi va O‘zbekiston chempionatlari haqida nimalar deya olasiz?

— O‘zbekiston haqida to‘liq biror bir fikr bildirishga hali erta. Bu yerda atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdim xolos. Shunga qaramay, musobaqa va raqiblarning saviyasi chakki emasligi shundoq ko‘rinib turibdi. FNLda asosan kurashlarga boy futbol o‘ynaladi. Shvesiyadagi futbolchilar barchasini pas orqali amalga oshirishga o‘rganib qolgan. U yerda qo‘rquv degan narsaning o‘zi yo‘q. Ularning mentaliteti umuman o‘zgacha.

— Yaqindagina “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov shogirdlariga klub bir necha oydan beri maosh to‘lamayotganini rasman ma’lum qildi. Bu O‘zbekistonda odatiy holmi?

— O‘zbekiston va Rossiya bu borada bir-birga juda o‘xshash mamlakatlar. Bu yerda ham 3 yoki 4 oy futbolchilar maoshsiz harakat qilishi katta sensasiya emas. Nima ham qila olar edik. Hozir barchadan maosh bilan muammolar mavjud.

— O‘zbekiston chempionatida to‘p surib yevropalik skautlarning nazariga tushish mumkinmi?

— Aslida bu juda mushkul ish. Shunday bo‘lsada, jamoang Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etsagina skautlar nishoniga tushishing mumkin. Unda ham asosanseni Osiyo klublari kuzatadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham O‘zbekiston — Osiyoga yo‘l ochuvchi mamlakat.

Albatta, bu yerdan Yevropaga yo‘l olish ham mumkin, biroq buning uchun futbolchidan katta mahorat va xohish talab etiladi. Agar yevropalik skautlar e’tiborida bo‘lsangiz, demak,sizga kamida Osiyoning 4taklubi qiziqish bildirayotgan bo‘ladi.

— Yaqinlardan uzoqda, barchasi qanday yakun topishini bilmay turib hayot kechirish qiyinmi?

— Bu oson emas. Shunday bo‘lsa-da, qo‘limdan hech narsa kelmasligini anglagan xolda sovuqqonlikni yo‘qotmaslikka harakat qilyapman. Bu mavzu haqida bosh qotirgim kelmaydi. Qancha o‘ylasam, shunchalar ko‘nglim g‘ash tortadi. O‘zimni chalg‘itish maqsadida ingliz tilini o‘rganishni boshladim.

Shunday bo‘lsada, doimo xayolingni bir yerga yig‘ishning uddasidan chiqa olmaysan. 2 yoki 3 oydan so‘ng, nimalar o‘zgarib ketishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘rsam, stressga tushib qolishim mumkin. Barchasini yengib o‘tishim lozim.

— Toshkentdagi hayoting haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsang.

— Uyim yaqinida katta istirohat bog‘i mavjud. O‘sha yerda mashg‘ulot o‘tkazyapman. O‘zimni yaxshi sport formada salqab turishim lozim. Chempionat ertaga boshlanib qolishi ham hech gap emas. Balki yarim yildan so‘ng yana maydonga tusharman. Anig‘ini hech kim ayta olmaydi. Shunday ekan, ortiqcha vazn to‘plash o‘rniga mashqlarga urg‘u beryapman.

— Karatin qoidalari-chi?

— 3 oydan beri karantin rejimida hayot kechiraman. Meni ko‘rgani hech kim kelmaydi. Men ham hech kimni ko‘rgani bormayman. Barchasiga jiddiy yondashuv lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:54, 15.04.2020.
O'qildi: 7167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.