Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» sobiq vise-prezidenti: «Neymar yozda jamoaga qaytishi mumkin»

«Barselona» sobiq vise-prezidenti: «Neymar yozda jamoaga qaytishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi sobiq vise-prezidenti Emili Ruso jamoa sardori Lionel Messi va «PSJ» forvardi Neymarning taqdiri borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘ylashimcha, Messi va «Barselona» shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishadi. Buning uchun har ikkala tomon ba’zi manfaatlaridan voz kechib, murosaga borishlari kerak. Agar yangi shartnoma imzolanmasa, bundan hayron bo‘lardim.

Shuningdek, Neymar yozda "Barsa"ga qaytishi mumkin. Bu menga imkonsizdek ko‘rinmayapti. Pandemiya tufayli futbolchilarning narxi pasayadi. Bu xaridor klublar uchun yaxshi, sotuvchilar uchun yomon», — dedi Ruso "ESPN Deportes" nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 12:56, 16.04.2020.
O'qildi: 5665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик