Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Odil Ahmedov: «Xitoyda mavsum qachon boshlanishini hech kim bilmaydi»

Odil Ahmedov: «Xitoyda mavsum qachon boshlanishini hech kim bilmaydi»

Baho:
+ | -

Goal nashri futbol bo‘yicha Xitoy Superligasi iyun yoki iyul oyida boshlanishi kutilayotgani haqida xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu sanalar chempionat boshlanishi uchun eng erta muddat sifatida qaralgan. Undan oldin boshlanmasligi aniqligi aytilgan. Xitoy futbol assosiasiyasi allaqachon klublarga mavsumni yozda boshlashnishiga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat bergan. Ma’lum qilinishicha, mavsum boshlanishidan oldin futbolchilar koronavirusga ikki bor test topshiradi. Birinchisi tez kunda, ikkinchisi esa mavsum startidan bir hafta oldin.

Ushbu savollarga oydinlik kiritish maqsadida «Daryo» muxbiri O‘zbekiston terma jamoasi sardori, «Shanxay SIPG» a’zosi, ayni damda Xitoyda bo‘lib turgan Odil Ahmedov bilan bog‘landi.

«To‘g‘risi, mavsum qachon boshlanishini hech kim bilmaydi. Katta ehtimol bilan kasallik mamlakatni butunlay tark etgandan so‘nggina mavsum boshlanadi. Ammo «Shanxay SIPG» mashg‘ulot olib borayotgani yo‘q. Bu borada hech kim anig‘ini bilmaydi. Futbolchilarda test olinishi haqida esa umuman eshitganim yo‘q», — deya yuqoridagi holatga izoh berdi Odil Ahmedov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi tibbiyot muassasalarida 1107 kishi davolanmoqda, ulardan 95 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Xitoyda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 82 mingdan ortiq odamda kasallik aniqlangan bo‘lib, 3342 nafari vafot etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:40, 17.04.2020.
O'qildi: 1991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик