Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Robbim boshingni silasin, Jamshid!

Robbim boshingni silasin, Jamshid!

Baho:
+1 | -

To‘g‘riso‘z, adolatpesha, haqiqatgo‘y – men uni shunday ta’riflagan bo‘lardim. U qisqagina umri davomida boshqalar uchun ibrat bo‘ladigan ishlarni qila oldi. U yetimlarning boshini siladi, ularning haq-huquqlari uchun kurashdi, ular hamma qatori yashashlari, ularni jamiyat tan olishi, ota-onasi borlar kabi barcha imkoniyatlardan foydalanishlari uchun harakat qildi. U o‘z qo‘l ostidagi yetim bolalar uchun har yerda va har kim bilan kurasha oldi. U o‘zi o‘ylagan ishlarning anchasiga erisha oldi, biroq erishmaganlari qancha edi...

Uning orzularidan biri o‘z jamoasini yuqorida, e’tiborda, izzatda ko‘rish, qo‘l ostidagi bolakaylarning kelajagini farovon qilish edi. U o‘z jamoasiga ota o‘rnida ota edi. Birga kuldi, yig‘ladi, qiynaldi, yayradi – hayotini yetim bolakaylar bilan bog‘lab tashlagandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qo‘ygan postlarida asosan shu yetimlar uchun qayg‘urgan bitiklar edi. U amaldorlarning, mas’ullarning e’tiborsizligidan, nohaqligidan kuyunar, haqiqat uchun tolmay kurashardi. Kim bilsin, yuragi toliqdimikin...

U 29 yoshda edi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari jamoalari o‘rtasidagi Jahon kubogi g‘olibi. U – Chempion!

U – Jamshid Asadov. Bugun u oramizda yo‘q. Uning yaxshi odam bo‘lganiga guvohlik bera olaman.

Alloh rahmatiga olsin!
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Bobur Akmalov.

Manba: https://t.me/boburachannel

Хайрулла Ҳамидов:
"Меҳрибонлик уйи болалари мураббийи Жамшид Асадовни Аллоҳ раҳматига олсин!

Кўпчилик билади, гувоҳи бўлган - ёш бўлишига қарамай кўпгина етимларнинг бошини силаганди.

Роббим унинг-да бошини силасин, оила аъзоларига чиройли сабр бериб мукофотласин!"

Kiritildi: 18:11, 17.04.2020.
O'qildi: 7033 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик