Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Qismatdosh vatandoshlar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Qismatdosh vatandoshlar»

Baho:
+ | -

18 aprel. Qiziq fakt. Faoliyatining asosiy qismini "Arsenal" klubida o‘tkazgan polshalik darvozabonlar – Lukash Fabianski va Voysex Shchesni bir kunda tug‘ilishgan. To‘g‘ri, yillarida farq bor. Fabianski 1985 yil, Shchesni 1990 yil.

Ikkisini ham ko‘pchilik "Legiya"dagi faoliyatidan tanishni boshlagan. Ikkisi ham boshqa klublariga qaraganda "Arsenal"da ko‘proq to‘p surishgan. Fabianski yetti yil londonliklarning muhim posboni bo‘lgan ersa, Voysex 8 yil davomida Londonning qizil tomoniga qo‘riqchi bo‘lgan.

Albatta, ular bir paytda ancha vaqt ushbu klub tarkibida harakat qilishgan, tabiiyki, bu jarayonda kimdir ikkinchi bo‘lishi kerak. Fabianski beqarorligi bilan dong taratgani uchun Voysexga qaraganda ancha kam o‘yinga tushgan. Shchesni ham Arsenal muxlislarida juda-aa-a iliq taassurot qoldirmaganu, vatandoshiga qaraganda ishonchliroq o‘yini bilan ajralib turgan.

Bugungi kunda Shchesni barqarorligi bilan dunyoning oldposbonlaridan. Arsenaldagi Shchesni emas.

Qiziq tomoni shuki, Voysexga doimo o‘zidan kattalar bilan kurashish taqdir qilingan edi. Polshada yaxshi darvozabonlar ko‘pligini hisobga olsak, terma jamoa darvozasiga da’vogarlik qilish ham mushkul. Shchesni shu kurashda Fabianski va boshqalarni yengib chiqdi. Hozirda terma jamoa unga topshirilgan.

Shuningdek, "Yuventus"ga kelar ekan, Buffondan keyin nafaqat Turin klubini, balki skuadro adzurraning-da kelajagi deb baholanayotgan Perin bilan kurashishi, ikkinchilikka da’vo qilishi zarur edi. Natija nima bo‘ldi: Hozirda Shchesni "Yuve"ning asosiy posboni, Buffon qaytib kelgach ham joyini bermadi.

Fabianski o‘zidan besh yosh kichik vatandoshi haqida shunday deydi: “Voysex doimo ulg‘aydi. To‘xtab qolmadi”.

To‘g‘ri ta’rif. Lukash o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi. Bu ta’rif bilan aslida u o‘zining faoliyatiga ham baho bergan. Nuqta.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 06:13, 18.04.2020.
O'qildi: 3819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.