Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Odil Ahmedov «Navbahor»ga taklif etiladimi, Shomurodov Yevropada o‘ynab keta oladimi? Mutaxassis javob berdi

Odil Ahmedov «Navbahor»ga taklif etiladimi, Shomurodov Yevropada o‘ynab keta oladimi? Mutaxassis javob berdi

Baho:
+ | -

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashriga intervyu berdi. Mutaxassisning o‘zbek futboli, xususan, "Navbahor"ga oid qismini e’tiboringizga havola qilamiz.

— O‘zbekistonda kuningiz qanday o‘tyapti?
— Stol tennisi, shaxmat, shashka, narda o‘ynayapmiz. O‘zaro suhbatlashayapmiz. Yigitlar PlayStation, FIFA o‘ynashyapti.

— Siz ham virtual futbol o‘ynashni o‘rgandingizmi?
— Yo‘q, bu shunchaki kulgili, lekin yigitlar o‘ynashyapti. Menga shaxmat o‘ynash yoqadi. Yaqinda yig‘in davomida bir futbolchi bilan shaxmat o‘ynadim — bolalarcha mot qo‘ydim. U 30 yoshda — fojia!

— Yozda Fyodor Chalov SSKAdan «Kristal Pelas»ga o‘tishga yaqin turgandi. U Angliyada qanday o‘ynab ketgan bo‘lardi?
— Bu o‘z an’analariga ega bo‘lgan Londonning munosib jamoasi. Bosh murabbiy Roy Xojson ixtiyorida yaxshi ijrochilar bor. Fyodorning o‘rnida bo‘lganimda APLga o‘tishga rozi bo‘lardim. SSKA va APL — ikki xil olam. O‘z vaqtida men tavakkal qilgan edi. Chunki Doneskda o‘zimni juda yaxshi his qilardim. Ikki xonali uyim, «Volga» mashinam bor edi. Maoshim ham «MYU»dagiga nisbatan ko‘p edi. Natijada tavakkalchilik o‘zini oqladi.

— «Rostov»da ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan Eldor Shomurodov tavakkal qilishi kerakmi?
— Albatta. Eldor — qobiliyatli yigit. Faqat Odil Ahmedov undan oldinda bo‘lishi mumkin. Odil Namangandan. Bu yerda bolalar futbol maktabini ochdi, tabiiy va sun’iy qoplamali maydonlar qurib berdi. Yaqinda esa mahalliy shifoxonalarga xayriya yordamini yubordi.

— 2020 yilgi mavsum oxirida Ahmedovning «Shanxay SIPG» bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Uni «Navbahor»ga taklif etasizmi?
— (kuladi) Jamoada bitta Ahmedov (Azim) bor. Aka-ukalar juftligini yuzaga keltirishni taklif qilyapsizmi? Ko‘ramiz, vaqt ko‘rsatadi.

— O‘zbekiston chempionati qachon boshlanishi aniq bo‘ldimi?
— Ushbu masalani yaqinda videomuloqot orqali «Bunyodkor» klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, AGMK ustozi Mirjalol Qosimov, «Paxtakor» murabbiyi Shota Arveladze va federasiya bilan birga muhokama qildik. Hozircha hech narsa aniq emas. Bizga kutishni maslahat berishdi.

— Nima deb o‘ylaysiz, hali karantinda ko‘p o‘tiramizmi?
— Harorat +25 gradusdan yuqori bo‘lganida virusning o‘lishiga hamma umid qilyapti. Yozda esa bu yerda kun issiq bo‘ladi. Kasallik tarqalishi to‘xtaganda futbol davom ettirilsa kerak.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 13:00, 18.04.2020.
O'qildi: 9665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик