Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bugungi kunning eng kuchli markaziy hujumchilari (top-10)

Bugungi kunning eng kuchli markaziy hujumchilari (top-10)

Baho:
+ | -

Stadion.uz ayni damda dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan tashkil topgan kuchli o‘nlikni e’tiboringizga havola etadi.

10-o‘rin. Jyeymi Vardi («Lester»; Angliya)

Bugungi ro‘yxatimizni “Lester”ning allaqachon afsonasiga aylanib bo‘lgan Jeymi Vardi ochib beradi. Ko‘pchilik bu yerda Agueroning bo‘lishini taxmin qilgani rost, biroq Vardi va Serxioning anday sharoitda to‘p surayotganini solishtirib ko‘ring! Jeymi Aguerodan farqli o‘laroq, so‘nggi zarbani yo‘llovchi hujumchi bo‘lmay turib ham APLda 19 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday ekan, ayni damda u sayyoramizdagi eng kuchli hujumchilar o‘nligida bo‘lishga haqli.

9-o‘rin. Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»; Gabon)

Gabonlik hujumchining sermahsuligiga qoyil qolmaslikka ilojimiz yo‘q. Aslida unda to‘purarlar poygasida Vardini ortda qolirish mumkin edi, biroq Arteta qahramonimizdan turli nuqtalarda foydalangani uchun gollar soni kamayib ketdi.

8-o‘rin. Luis Suares («Barselona»; Urugvay)

Jarohat olgan, mavsumni deyarli o‘tkazib yuborgan futbolchi qanday qilib 8-o‘rinni egaldi deysizmi? Uning hujumchilik mahoratiga e’tibor qarating! Messi singari injiq futbolchi bilan maydonda bir tana bo‘lib harakat qilayotgani, markaziy hujumchisiz harakat qiluvchi o‘yin falsafasi bilan uyg‘unlashib ketgan hujumchini “Barselona” o‘rnini Lautaro bilan to‘ldirishga qanchalar urinmasin bu oson bo‘lmasligi aniq. Jarohatiga qadar 14 ta gol va 9 ta assistni amalga oshirgan urugvaylik hujumchi agar Chempionlar ligasi pley-off bosqichida safga qaytsa, “Barselona”da chempionlik uchun imkoniyat yanada ortib ketadi.

7-o‘rin. Xarri Keyn («Tottenxem»; Angliya)

Yana bir lazaretdagi iqtidorli hujumchilardan bir. Keyn bugungi ro‘yxatimizdagi birorta hujumchidan qolishmaydigan darajada iqtidorli. Boz ustiga, uning mehnatkashligini ham inobatga olsak, u o‘zishining chinakam ustasi deya olamiz. U Pochettino jamoadan ketgach ham 6 ta gol va 5 ta assistni amalga oshirishga ulgurib qoldi. Joze Mourinyoning talablariga javob berish orqali shuncha foydali harakat qilishni uddalagan hujumchiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

6-o‘rin. Erling Xoland («Borussiya» D; Norvegiya)

Dortmund klubining yangi futbolchisi shu qadar kuchli mavsum o‘tkazayotgan ediki, unga fantastik hujumchilarni ro‘yxatda ortda qoldirish nasib etdi. Qahramonimiz bir yilda ikkita klubda to‘p surganiga qaramay, o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Bejizga uning uchun uzundan uzoq grandlar navbati paydo bo‘lmagan.

5-o‘rin. Roberto Firmino («Liverpul»; Braziliya)

O‘tgan mavsumda YECHLda zafar quchgan hujumchi deyarli mukammal mavsumni o‘tkazgan edi. O‘tgan mavsumda jarima maydonchasi ichida harakat qilish borasida faqatgina Salohdan ortda qolgan hujumchining formasi to‘liq tiklanganicha yo‘q. Yuzaga kelgan pauza Firmino uchun qo‘l kelishi mumkin.  

4-o‘rin. Romelu Lukaku («Inter»; Belgiya)

Maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq katta futbolda nom qozongan belgiyalik hujumchi o‘z vaqtida klubini o‘zgartirganini alohida e’tirof etish lozim. Katta va baquvvat hujumchilarga suyangan holda hujumga o‘tishni xush ko‘ruvchi Konte Lukakudagi yangi qirralarni ochishni boshlab yuborgan bir paytda, korona-tanaffus katta sahnaga chiqdi. Hujumchilar uchun APLda gol kiritishdan ko‘ra, A seriyada darvozani ishg‘ol qilish mushkulroq ekanligini inobatga olsak, Lukaku kiritgan 17 ta golning ahamiyati juda katta ekanligini darrov anglaymiz.  

3-o‘rin. Karim Benzema («Real»; Fransiya)

Karim Ronaldu jamoani tark etgach, o‘zining yangi qirralarini namoyish etishni boshladi. Jiru bilan OAV orqali janjallashib yotgan hujumchi bugungi kunda “Real Madrid” uchun almashtirib bo‘lmas futbolchi sifatida e’tirof etilmoqda. So‘nggi pasga ega kam sonli hujumchilardan biri bugungi kunda chinakamiga maydonda “olov yoqmoqda”!

2-o‘rin. Chiro Immobile («Lasio»; Italiya)

Bugungi kundagi “Lasio”ning ishonchli o‘yinlari aynan shu yigit bilan bog‘liq. Indzagi jamoani Immobile atrofida shakillantirgach, jamoa skudetto uchun kurashga kirishib ketdi. 26 ta uchrashuvda 27 ta gol kiritgan futbolchi “Oltin butsa” uchun kurashda yaqqol fovorit bo‘lib turibdi. To‘g‘ri, Rim klubida Chiro penaltilarni ham amalga oshiradi va shubois uning gollari soni biroz ko‘proq. Shunga qaramay, uning “Inter”ga qarshi uchrashuvda qahramonligini yodga oling! Chiro — ayni damda sayyoramizdagi eng kuchli hujumchilarning biri.

1-o‘rin. Robert Levandovski («Bavariya»; Polsha)

Bugunga kelib Robert va Chiro deyarli bir hil nuqtada turibdi. Ikkisi ham uzoq kutilgan “Oltin butsa”ga juda yaqin. Shunga qaramay, Levandovskining chinakam gol mashinasini ekanligini inobatga olsak, katta ehtimol bilan polshalik futbolchi poygada italiyalik ampluadoshini quvib o‘tadi. E’tiborli shundaki, Levandovski “Bavariya” og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotganda ham o‘z stabilligini namoyish etishdan charchamadi. Ayni damda 31 yoshni qarshilagan forvard dunyo futbolidagi eng kuchli markaziy hujumchi nomiga mutlaq mos keladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:54, 19.04.2020.
O'qildi: 10563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.