Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Angliya futbol assosiasiyasi 2 yil ichida 60 ga yaqin g‘ozni stadion maysalariga zarar yetkazgani uchun otib o‘ldirdi

Angliya futbol assosiasiyasi 2 yil ichida 60 ga yaqin g‘ozni stadion maysalariga zarar yetkazgani uchun otib o‘ldirdi

Baho:
+ | -

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) xodimlari 2018—2019 yillar mobaynida mashg‘ulot maydoni atrofida futbolchilar «xavfsizligini ta’minlash» maqsadida 60 ga yaqin g‘ozlarni o‘ldirgan, deya xabar qilmoqda The Guardian.

G‘ozlar Angliya terma jamoasi bazasidagi chimga zarar yetkazgan. FA xodimining so‘zlariga ko‘ra, qushlar maydonda muntazam o‘z axlatini qoldirgan, shuningdek, jamoat joylaridagi bu holat ko‘plab odamlarga xavf solgan.



Assosiasiya qushlarni otishga ruxsat beruvchi maxsus lisenziya olgan. Avvaliga qushlarni o‘ldirish mo‘ljal qilinmagan, biroq shundan boshqa yo‘llar samara bermagan.

Assosiasiyaning ushbu harakati hayvonlar huquqini himoya qiluvchi Stop the Cull tashkiloti tanqidlariga sabab bo‘lgan.

«Siz tabiatni asrashga hissa qo‘shgandek ko‘rinish uchun hovuz yaratasiz, keyin esa undan foydalangan qushlarni o‘ldirasiz, chunki sizga chimdagi axlat yoqmaydi. Bu yerda qandaydir yomonlik belgisi bor», — deydi Stop the Cull vakili Jey Tiran.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:00, 20.04.2020.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.