Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Temurxo‘ja Abduxoliqov 2016 yilgi OCHL mavsumini yodga oldi

Temurxo‘ja Abduxoliqov 2016 yilgi OCHL mavsumini yodga oldi

Baho:
+ | -

Bundan to‘rt yil oldin shu kuni “Lokomotiv” Dubayda “An-Nasr” mehmoni bo‘lib 1:1 natijasini qayd etgandi.

OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan mazkur bellashuvda Temurxo‘ja Abduxoliqov gol muallifi bo‘lgandi. “Loko” hujumchisi o‘sha o‘yinni yodga oldi:

“Bu biz uchun safardagi muhim bahs bo‘lgandi. Chunki jamoamiz guruhdan chiqishga harakat qilayotgandi. Adashmasam, 5-tur uchrashuvi edi. Bu o‘yingacha “Al-Ittihod” bilan ikki bor durang qayd etib, ”Sepaxon“ni har ikki bellashuvda mag‘lub etgandik. Shundan so‘ng ”An-Nasr“ bilan kuch sinashish uchun Dubayga yo‘l olgandik”.

“BAAga 8 ochko bilan guruh peshqadami sifatida borganmiz. Agar g‘alaba qozonganimizda guruhdan chiqishni to‘liq hal qilardik. Esimda birinchi bo‘lib raqib jamoa futbolchisi hisobni ochgandi. Keyin birinchi taym oxirlarida biz gol urganmiz. Server Jeparov burchak to‘pini amalga oshirganidan so‘ng to‘p Timur akaning boshiga tegib menga kelib tushgan, men esa vaziyatdan foydalangandim. Gol juda tez bo‘lgandi”.

“Ikkinchi taymda ko‘p vaziyatlarni yuzaga keltirib, lekin boshqa gol ura olmagandik. Vaholanki, safarda ”An-Nasr“ni yutishimiz mumkin edi. Yakunda durang qayd etilib guruhdan chiqishni har ikki jamoa deyarli uddalagandi. Toshkentda bo‘ladigan javob bahsida yutqazmasak bo‘ldi edi. Javob o‘yini esa 0:0 hisobida yakun topgan”.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:33, 20.04.2020.
O'qildi: 2396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик