«Barselona» hujumchisi Martin Breytueyt navbatdagi farzandi tug‘ilganini ma’lum qildi.
«Shanba kuni Yaratgan bizga marhamat ko‘rsatdi. Anna-Laura ajoyib o‘g‘limiz Valentinoni dunyoga keltirdi. Ularning ahvoli yaxshi. Hozirda barchamiz baxtlimiz.
Sevgilim, sen dunyodagi eng kuchli ayolsan. Sen bilan faxrlanaman», — deya yozdi daniyalik futbolchi instagramdagi sahifasi orqali.
Breytueyt fransiyalik jurnalist, teleboshlovchi Anna-Laura Luizaga uylangan. Valentino — ularning to‘rtinchi farzandi. Avvalgi 3 farzandlarning barchasi — o‘g‘il.