Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng «keksa» futbol musobaqasi haqida

Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng «keksa» futbol musobaqasi haqida

Baho:
+ | -

Angliya — futbol vatani. Aynan inglizlar futbolni o‘ylab topgan. Ular ilk futbol klubi — «Sheffild»ga asos solgan.

Shuningdek, millionlar o‘yinining asosiy qoidalarini amalga tatbiq etgan. 1871 yilda Angliya Kubogi deb atalgan musobaqani tashkil etgan. Misol uchun, Ispaniya Kubogiga 1903 yil, Italiya Kubogiga 1922 yil, Germaniya Kubogiga esa 1935 yilda asos solingan. Qayd etish joiz, Angliya futbol ligasi (EFL) 1888 yilda tashkil etilgan.

«Uonderers» — Angliya Kubogining ilk sohibi. Mazkur musobaqa tashkil etilgunga qadar «Uonderers» faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan. London klubi kubokdagi g‘alabasidan 16 yil o‘tib tarqalib ketadi. Ammo bungacha jamoa Angliya Kubogida yana 4 marta g‘olib chiqadi. 2009 yilda esa «Uonderers» havaskor jamoa sifatida yana dunyo yuzini ko‘rdi.

Ayni damdagi Angliya Kubogining sovrini musobaqa tarixidagi to‘rtinchisi hisoblanadi. Birinchi sovrin 1895 yilda Birminghemdagi oyoq kiyimlar do‘konidan o‘g‘irlab ketiladi. Kubok o‘sha vaqtda mahalliy «Aston Villa» klubiga tegishli edi. Shundan so‘ng ushbu kubokni hech kim ko‘rmagan. O‘g‘ri ham topilmagan. Ingliz futboli rahbariyati esa bu «qilmishi» sabab «Aston Villa»ni 25 funt miqdorida jarimaga tortgan. Ushbu jarima puli evaziga yangi kubok yasattirilgan. Kubok yo‘qolganiga qariyb 60 yil bo‘lgan bir vaqtda o‘g‘ri katta sahnaga chiqdi. U kubokdan soxta tangalar yasashda foydalanilganini ma’lum qildi.

2001/02 yilgi mavsum g‘olibiga qadar hech bir klubga mablag‘ ko‘rinishida mukofot puli berilmagan. Hozir esa klublar Angliya Kubogidan o‘z ulushlarini oladi. Angliya Kubogining amaldagi g‘olibi — «Manchester Siti». «Shaharliklar» ushbu musobaqada 6 marta g‘olib chiqqan. Londonning «Arsenal»i esa bu borada yetakchi — 13 ta sovrin. «Manchester Yunayted» bo‘lsa, Angliya Kubogi sovrinini 12 bor boshi uzra baland ko‘targan. Londonning boshqa bir klubi «Tottenhem» hisobida esa 8 ta g‘alaba mavjud. «Shporlar» so‘nggi bor ushbu sovrinni 1990/91 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan.

Musobaqa tashkil etilganidan keyin u sekin-asta o‘z mavqeyini yo‘qotib bordi. Jamoalar ushbu musobaqaga asosiy maqsad sifatida qaramay ham qo‘ydi. Klublar unda asosan ikkinchi tarkibini o‘ynatishga o‘rganib qoldi. Buning boisi esa Angliya chempionatining o‘zi edi. Boisi chempionat bahslari muxlislarni ko‘proq o‘ziga jalb etardi. Ammo shu bilan bir qatorda ayni damda Angliya Kubogini qo‘lga kiritish har qanday jamoa uchun juda yoqimli.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:40, 22.04.2020.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.