Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Kaka "Milan"ni qutqarish uchungina "Real"ga o‘tganini bilasizmi?

Kaka "Milan"ni qutqarish uchungina "Real"ga o‘tganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Braziliyalik sobiq futbolchi Kakaning agentini aytgan gaplariga qaraganda, Kaka Madridning "Real" klubiga o‘tganidan afsusda bo‘lgan ekan.

Kaka 2009 yili «Milan» klubidan Madridning «Real» klubiga yo‘l olgan edi. "Milan" klubi rahbariyati o‘zining yulduz futbolchisini sotish niyatida bo‘lmagan, biroq, moliyaviy inqirozdan chiqib ketish uchun uni sotib yuborishga majbur bo‘lishgandi.

Aytilishicha, Kaka ushbu transferga qarshilik qilgan, lekin klubga bo‘lgan muhabbati sababligina, uni inqirozdan olib chiqish uchun "Real"ga o‘tishga majbur bo‘lgan.

«Milan»da u baxtiyor edi. U hech qachon jamoadan ketishni xohlamagan. Hammasiga pul sababchi bo‘ldi. Hatto, Kaka maoshining kamaytirilishiga ham rozi edi, ammo, bu variant «Milan»ni moliyaviy inqirozdan chiqib ketishiga kamlik qilardi, shu sababli, u «Rossonerlar»ga yordam berish uchungina "Real"ga yo‘l olgandi.

Kaka «Real»da hamma yaxshi bo‘ladi deb o‘ylagandi, chunki, "Real" top klub edi. Biroq, unga «Real» mos kelmagan», — dedi agent.

Kiritildi: 23:51, 23.04.2020.
O'qildi: 4443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.