Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Real Madrid” darvozabon izlamoqda

 

“Qirollik klubi” Alfonso Areolaning mavsum so‘nggida Madridni tark etishi bois, yozda yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda.

Taniqli “Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa nishonida “Fiorentina” posboni Alban Lyafont turibdi. Darvozabonning o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tish ishtiyoqida yonmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, italiyanlar kipper uchun 15 million yevro talab qilmoqda. Bu summa to‘liq “Real”ni qoniqtirgani bois, transferning amalga oshishi ehtimoli juda yuqori.

“Tottenhem” Rakitichni nishonga oldi

 

Angliyaning “Tottenhem” jamoasi yozda “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichni sotib olishi mumkin.

“The Sun” nashri bergan xabarlarga qaraganda xorvatiyalik futbolchining transferini shaxsan Joze Mourinyoning o‘zi talab qilmoqda. Hozircha Kataloniya klubi “shporlar”ga rasman javob qaytarganicha yo‘q, biroq Ivanning yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barsa” Rakitichni Ndombele bilan ayrboshlarmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqagan edi.

Pleaning bozori chaqqon

 

Germaniyaning “Borussiya M” jamoasi hujumchisi Alassan Plea bir yo‘la bir nechta grand jamoalar radariga tushib qoldi.

Exspress nashri ma’lum qilishicha, fransuz bilan “Manchester Yunayted” va “Barselona” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, hujumchi uchun kurashda “qizil iblislar” asosiy fovorit bo‘lib turibdi. Gap shundaki, Sulsher aynan Pleani kelasi mavsumda asosiy hujumchi sifatida jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Kataloniya klubi esa, Lautaroning transferi amalga oshmasagina Alassan bilan aloqaga chiqishni rejalashtirgan. “Barsa” Pleani Suaresning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

“Yuventus” kimni transferga qo‘yishi ma’lum

 

Italiya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Yuventus” yozda qaysi futbolchilarini transferga qo‘yishi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Unga ko‘ra, Pyanich, Rugani va De Shilyo aniq Turinni tark etadiga bo‘ldi. “Yuventus” ustozi Sarri bu futbolchilarni o‘z rejasida yo‘qligini ma’lum qilgach, “zebra”lar shunday qarorqa keldi.

“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, allaqachon bu futbolchilarning agentlari yangi klub izlash bilan band.

“Liverpul”dan yangicha yurish

 

“Napoli” yetakchisi Dris Mertens o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. “Tuttomercato”ning xabar berishicha, belgiyalik futbolchi bilan “Arsenal”, “Chelsi” va endilikda “Liverpul” klublari ham kurashga qo‘shildi.

Hujumchining “Napoli” bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Shu sababli Dris o‘zi istagan klubga o‘tish huquqiga ega.

Avvalroq Mertensga bilan “Atalanta”, “Inter” va “Monako” klublaridan takliflar kelib tushgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:47, 27.04.2020.
O'qildi: 8116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.