Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Ikki "qariya"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Ikki "qariya"

Baho:
+ | -1

27 aprelning egalariga ham navbat yetdi. Dastlab o‘zimiznikidan boshlaymiz. Azamat Abduraimov. 1966 yili Toshkent zilzilasidan bir kun o‘tib tug‘ilgan Azamat o‘zbek futbolida o‘ziga xos iz qoldirgan yulduzlardan.

Futbol oilasidan. Bilasiz. Otasi Birodar Abduraimov – futbolimiz afsonasi. Azamat Abduraimovning kamchiligi bo‘lsa ham shu – nuqul otasi bilan solishtirib kelishdi. Aslida o‘z davrida terma jamoamizning muhim futbolchilaridan edi.

To‘g‘ri, Mirjalol Qosimovning o‘rni boshqacha. Lekin yagona muvaffaqiyatimiz – 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida aynan Abduraimovning birgina harakati chempionlik masalasini hal qilganini unuta olmaymiz. Turnir davomidagi eng kuchli raqib Janubiy Koreyaga qarshi bahs. Koreyslarning tinimsiz uyushtirgan hujumlari Sheykin darvozasi yonini yondirib yubordi. O‘ttizga yaqin xavfli vaziyatlar, tasavvur qilib olavering.

Terma jamoamiz ozib-yozib oldinga chiqayotganda Azamatning tavakkaliga yo‘llagan to‘pi koreyslar posbonining qo‘pol xatosi bilan darvozaga kirib ketadi. 1:0. Yigitlar, oxirigacha himoyada!!!

Men Abduraimovning o‘sha harakatini Lilian Tyuramning 1998 yilgi mundialda Xorvatiyaga urgan goliga o‘xshataman. O‘sha gollar bo‘lmaganida, final yo‘q edi, Zidan porlamasdi. Bizning finalimizdagi 4 gol, Shuhrat Maqsudovning bayroq ko‘tarib yugurishlari o‘sha Azamat Abduraimovning goli mahsuli. Ko‘p ehtimol Osiyo o‘yinlarining bosh qahramoni ham aynan qahramonimizdir. U 27 aprel kuni 54 ga kirdi. Murabbiylik sohasidan ko‘ra asosan futbolchiligi haqida gapirganimizning sababi – uni shu ko‘yi eslash zavqliroq.

###

Valter Pandiani degan yigit esingizdami? Ha, u o‘sha asr boshidagi yoqimtoy Deportivoning bir qismi edi.

“La korunya” klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan yili u bo‘lmagan, ammo kelgusi mavsum darhol jamoa safida o‘z o‘rnini topib olgan urugvaylik superford yodimizda. Urugvay poytaxtida 1976 yil tug‘ilgan Valter 23 yillik futbol faoliyatini 2016 yilning yozida yakunladi. Oxirgi mastodont maqomida, o‘sha takrorlanmas “Depor” tarkibida qolgan so‘nggi vakil sifatida.

Qizig‘i, har turli klublarda-da u doimo o‘z darajasini eslatib turdi. Diyego Tristan bilan snaryad zarbalar yo‘llagan Pandianini darhol eslab olaverdik o‘sha lahzalarda. Albert Lyuka, Xuan Karlos Valeron va Pedro Munitisdek sheriklaridan ayrilgach ham o‘zi yolg‘iz bo‘ri bo‘lib o‘ynab yuraverdi. Ishoning, o‘sha “Depor”dan keyin futbolchi o‘ynamay qo‘yishi kerak edi. Xotiralari bilan ezilib-bo‘g‘ilib.

“Riasor” o‘yingohida “Milan”ni YECHLdan chiqarib yuborishda ishtirok etgan bu o‘g‘lon keyinchalik Britaniya sari yo‘l oldi. Stiv Bryus taklifi bilan borgan joyida qo‘nim topolmay yana iliq Ispaniya uni og‘ushiga oldi. “Espanyol”, “Osasuna” va “Vilyarreal” safida o‘sha gollarini topib yuraverdi.

Janubiy amerikalik ko‘pgina yulduzlarning ishini takrorladi oxiri: Jonajon Urugvayiga borib, ikki yilcha “Miramar Misyones” safida o‘g‘li Nikolas bilan o‘ynadi. Qarasa, yana Yevropaga tortadi. Shveysariyaning “Lozanna” klubida to‘p surayotgan payti 40 yosh edi. Xayrlashdi oqibat.

Do‘stlar, biz ser Aleksning MYUsini yenggan Deportivoni va uning ajoyib Pandiasini ko‘rgan avlodmiz!

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 08:37, 27.04.2020.
O'qildi: 6077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.