Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Doha va Ar-Riyod XXI Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogarlik qilmoqda

Doha va Ar-Riyod XXI Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) 2030 yilda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun yana ikkita buyurtma olganligini e’lon qildi.

Qatarning Doha va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shaharlari 2030 yil bo‘lib o‘tadigan XXI Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy buyurtma berishdi. Ushbu mamlakatlar Milliy Olimpiya qo‘mitalarining tender hujjatlariga Doha va Ar-Riyod shaharlari hamda ushbu davlatlar hukumatlarining Osiyo o‘yinlarini qabul qilishga tayyor ekanliklari bayon etilgan ramiy murojaatlari ilova qilingan.

Bu o‘rinda 2006 yilda Dohada XV Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tganligini, ammo Saudiya Arabistonida OOKning rasmiy musobaqlari umuman o‘tkazilimaganlini eslab o‘tish mumkin.

Osiyo Olimpiya Kengashining prezidenti shayx Ahmad al-Fahad as-Sabah shunday bayonot berdi: “OOK 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun ikkita yaxshi buyurtma olganligidan mamnun. Bu Osiyoda Olimpiya harakatiga ishonch dalolatidir va bizning jahon darajasida yirik ko‘lamda sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha obro‘mizni yanada oshiradi. Ushbu buyurtmalar tufayli bizda endilikda 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha barqarorlik hamda bo‘lajak o‘n yil davomida sport harakatimizda izchillik mustahkamlandi. Bu, shuningdek, Osiyoning global Olimpiya harakatida asosiy sherik ekanligini tasdiqlaydi. Bu Milliy Olimpiya qo‘mitalarimizga, bizning ma’muriyatimizga va, eng avvalo, sportchilarimizga qisqa, o‘rta va uzoq muddatli aniq istiqbol rejalarini tuzish imkonini beradi”.

Ma’lumki, XIX Osiyo o‘yinlari 2022 yilda Xitoyning Xanchjou, XX Osiyo o‘yinlari 2026 yilda Yaponiyaning Ayti-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

OOK 2020 yil 23 yanvarda barcha 45 ta Milliy Olimpiya qo‘mitalariga 2030 yildagi XXI Osiyo o‘yinlariga tender o‘tkazilishi ma’lum qilingan farmoyishni yuborgan edi. Bunda ana shu o‘yinlarga buyurtma berishning so‘nggi muddati 22 aprel qilib belgilangan.

XXI Osiyo o‘yinlari mezboni va tashkilotchisining tanlanishi Xitoyning Sanye shahrida VI Osiyo sohil o‘yinlari arafasida – 2020 yil 29 noyabrda bo‘lib o‘tadigan OOKning Bosh Assambleyasida hal etilishi kutilmoqda.

Avvalgi Osiyo o‘yinlari quyidagi shaharlarda bo‘lib o‘tgan: 1951, Nyu-Deli, Hindiston; 1954, Manila, Filippin; 1958, Tokio, Yaponiya; 1962, Jakarta, Indoneziya; 1966, Bangkok, Tailand; 1970, Bangkok, Tailand; 1974, Tehron, Eron; 1978, Bangkok, Tailand; 1982, Nyu-Deli, Hindiston; 1986, Seul, Koreya; 1990, Pekin, Xitoy; 1994, Xirosima, Yaponiya; 1998, Bangkok, Tailand; 2002, Pusan, Koreya; 2006, Doha, Qatar; 2010, Guanchjou, Xitoy; 2014, Inchxon, Koreya; 2018, Jakarta-Palembang, Indoneziya.

Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun O‘zbekiston, Filippin va Hindiston davlatlari ham da’vogarlik qilishmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:35, 27.04.2020.
O'qildi: 3650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.