Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Kranodarga" eng ko‘p daromad keltirgan transferlar. Ahmedov nechanchi o‘rinda?

"Kranodarga" eng ko‘p daromad keltirgan transferlar. Ahmedov nechanchi o‘rinda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Rossiyaning “Krasnodar” klubi tarixidagi eng katta daromad keltirgan transferlar beshligi bilan tanishtirib o‘tadi.

5-o‘rin Igor Smolnikov “Zenit”ga (6 million yevro)



Rossiya terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi “Krasnodar”da atigi bir mavsum to‘p surganiga qaramay, 31 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Undagi o‘sishni kuzatgan “Zenit” himoyachi uchun 6 million yevroni ayab o‘tirmadi. Igor 7 mavsumdan beri “Zenit” sharafini himoya qilib kelmoqda. Rus nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, yozda futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma o‘z yakuniga yetadi va Smolnikov erkin agentga aylanadi.

4-o‘rin. Ivan Ignatyev “Rubin”ga (7 million yevro)



Hujumchi klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning Rossiya yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali barcha muxlislar yaxshi tanib olgan bo‘lsada, Ivan “Krasnodar” murabbiylarlari bilan sira chiqishib keta olmadi. Tinimsiz janjallar, maosh borasidagi kelishmovchiliklardan charchagan klub kelajagi porloq hujumchini qishda  “Rubin”ga sotib yuborishga qaror qildi. Afsuski, Ignatyevning xarakteri “Rubin”da ham pand berishni boshladi. Qahramonimiz hozircha Qozon shaxri jamoasida atigi 3 bor maydonga tushdi xolos.

3-o‘rin. Odil Ahmedov “Shanxay SIPG”ga (7 million yevro)



O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Krasnodar” safida ikkita to‘liq mavsum o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha mavsumalardan birida xatto klub uni yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof ham etdi. “Buqalar” safida 101 ta o‘yinda ishtirok etgan o‘zbekistonlik futbolchi 14 ta assist va 7 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Aynida, damda Ahmedov faoliyatini Xitoyda davom ettirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, uning bugungi kundagi maoshi Krasnodardagiga nisbatan ancha yaxshi. Shuningdek, Odil hali-hamon O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sanaladi.

2-o‘rin.YUra Movsesiyan (“Spartak”ka 7,5 million yevro)



“Krasnodar”da to‘liq ikki mavsum o‘tkazgan armanistonlik hujumchining transfer qiymati ham keskin ko‘tarilib ketdi. 51 ta uchrashuvda 23 ta gol( va yana 10 ta assist) kiritgan hujumchini ko‘p o‘tmay “Spartak” o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Tan olish lozim, Yura Moskvada ham o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Keyinchalik faoliyatini MLSda davom ettirish maqsadida AQSHga jo‘nab ketgan futbolchi bugungi kunda erkin agent maqomida.

1-o‘rin. Fyodor Smolov “Lokomotiv”ga (9 million yevro)

Fyodor “Dinamo”dagi omadsiz mavsumdan so‘ng, “Krasnodar”da chinakamiga yangi qirralarini namoyish etishga tushib ketdi. Smolov “Krasnodar” safida 3 ta ajoyib mavsumlarni o‘tkazdi. Ahmedov singari 101 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 64 ta gol va 20 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Fantastik mavsumlardan so‘ng, Poytaxtning “Lokomotiv” klubi Smolov uchun 9 million yevro taklif qildi va uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Afsuski, 2016-2018-yillarda RFS tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof qilingan hujumchining o‘yinida keskin pasayish kuzatildi. Oqibatda, klub uni “Selta”ga ijaraga berib yubordi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:17, 28.04.2020.
O'qildi: 8447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.