France Football nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Tom Menye jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Parijliklar 28 yoshli futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Menyening "PSJ" bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.
Unga "Tottenxem" va Bundesliganing bir nechta klublari xaridor bo‘lishayotgandi.