Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Bundesliga «start»da turibdi

Bundesliga «start»da turibdi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionati qayta boshlanishga juda yaqin turibdi.

Mehnat vazirligi Bundesliganing rejasini o‘rganib chiqqanidan keyin maksimal darajada ehtiyot chorasini ko‘rish sharti bilan uchrashuvlarni tomoshabinlarsiz o‘tkazishga ruxsat berdi.

Agar barchasi rejadagidek bo‘lsa, o‘yinchilar va klublar xodimlarining xavfsizligi yuqori darajada bo‘lishiga futbol rahbarlari ishonishmoqda. Rejaga ko‘ra, futbolchilar mavsum oxiriga qadar yarim karantin rejimida bo‘lishadi. Ular faqat uyda, mashg‘ulot bazasida, jamoa mehmonxonasida, klub avtobusida yoki stadionda bo‘lishlari mumkin.

Yakuniy qaror Germaniya kansleri Angela Merkel tomonidan payshanba kuni qabul qilinishi kutilmoqda.

Dastlabki o‘yinlar 9 may kuni o‘tkazilishi mumkin. Chempionat to‘xtalishidan oldin 25ta tur o‘yinlari o‘tkazilgan bo‘lsa, mavsum yakunlanishiga 9ta tur qoldi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 10:43, 29.04.2020.
O'qildi: 4143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик