«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalaning qallig‘i Oriana Sabatini futbolchi tomonidan koronavirusga topshirilgan to‘rtinchi test musbat natija berganini inkor qildi.
«Paulo musbat test topshirmadi. U kutishi kerak. Biz hali kutyapmiz. Bunday xabar qayerdan chiqqanini bilmayman. U topshirgan test natijasi ma’lum bo‘lishi bilan uni e’lon qilamiz. Shaxsan menda test natijasi manfiy bo‘ldi, ammo Paulo borasida 100 foizga ishonchimiz komil emas», — dedi Sabatini.