Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ronaldu «Real»ga qaytishi kerakmi? Nazariyalar to‘qnashuvi

Ronaldu «Real»ga qaytishi kerakmi? Nazariyalar to‘qnashuvi

Baho:
+ | -

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz sport, xususan, futbolga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Tabiiyki, bu holatda aksariyat klublarning moliyaviy imkoniyatlari yomonlashdi va futbolchilarning transferlar narxlari sezilarli darajada pasaydi. Biroq yetakchi klublar yuqoridagi qiyinchiliklarga qaramay, seleksiya ishlarini qizg‘in olib borishda davom etadi.

Ana shunday bir paytda Italiya matbuotida Krishtianu Ronalduning «Yuventus»dagi kelajagiga shubha qilina boshladi va uning «Real»ga qaytishi mumkinligi to‘g‘risida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Quyida Ronalduning «Qirollik klubiga» qaytishining ijobiy va salbiy tomonlari haqida fikr yuritiladi.

Ijobiy tomonlari

Ronaldu – yuqori darajadagi o‘yinchi
Ronaldu kamida yana ikki mavsumni yuqori darajada o‘tkazishi mumkin. Bu esa «Real»ga ko‘proq gollarni kafolatlashi mumkin, bundan tashqari, portugaliyalik yulduzning ulkan tajribasi jamoadagi yosh futbolchilarning tezroq rivojlanishiga yordam beradi.

Messi va Ronaldu raqobatining qaytishi
Krishtianu Italiyaga ko‘chib o‘tgach, u va Messi o‘rtasidagi qarama-qarshilik faqat Yevrokuboklar va individual sovrinlar darajasiga tushib qoldi. 35 yoshli Ronalduning to‘satdan «Real»ga qaytishi kurashning jonlanishiga va «El Klassiko»ning yana haqiqiy bayramga aylanishiga xizmat qilgan bo‘lardi.

Klub bilan munosib xayrlashish
Turli xil mish-mishlarga ko‘ra, Ronaldu Florentino Peres bilan janjallashib qolganidan keyin «Real»ni tark etgan. Ronaldu «Yuventus»ga o‘tishidan oldin faoliyatining ancha qismini Madridda o‘tkazdi va ko‘plab yutuqlarga erishdi. Shunday ekan, u klub bilan munosib xayrlashishga loyiq.

Xayp (piar)
Ba’zida bu yaxshi natija berib turadi. Krishtianuning qaytishi klubga global qiziqishning yangi to‘lqinini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, moliyaviy jihatlarni ham unutmaslik kerak. Ronaldu nomi ostida chiqarilgan millionlab sport formalari anchagina daromad olib kelishi shubhasiz haqiqat. Bu esa pandemiyadan keyingi inqiroz davrida asqatadi.

Salbiy tomonlari

Ronalduning o‘yinidagi pasayish
Krishtianu hozirda 35 yoshda va u hech qachon avvalgiday bo‘la olmaydi. To‘g‘ri, u hali ham yuqori darajada o‘ynamoqda, biroq bu uning oldingi muvaffaqiyatlarini takrorlash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

«Yangi Madrid» qurilishini keyinroqqa surishga to‘g‘ri keladi
Krishtianuning qaytishi rahbariyatning 2022 yilga qadar yangi jamoa tuzish rejasiga xalaqit berib qo‘yishi mumkin. Ronaldu kelgach, «Real»ning istiqbolli yosh o‘yinchilariga o‘yin amaliyotini kafolatlash oson kechmaydi.

Tovon puli va xarajatlar
Agar «Real» yozda boshqa futbolchilarni ham sotib olishni xohlayotgan bo‘lsa, Ronaldunining tovon puli (60 million yevro — uning pasaygan narxi) klub uchun qimmatlik qilishi mumkin. Ushbu mablag‘ evaziga esa Erling Hollandni sotib olsa bo‘ladi. Norvegiyalik yosh va iqtidorli futbolchining maoshi esa Ronaldunikiga qaraganda uch yoki to‘rt baravar kamroq bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:17, 30.04.2020.
O'qildi: 8362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.