Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Orif Tolipov: "Turkcha gambit"

Orif Tolipov: "Turkcha gambit"

Baho:
+ | -

Dunyodagi holat haqida eslatishga hojat yo‘q. Futbolga kelsak, ko‘rib o‘rganib qolganimiz Yevropaning yirik ligalaridan biror ishonchli xabarlar hozircha kelmayapti. Aksari mish-mish darajasidagi gaplar. Ba’zi chempionatlarda tashkilotchilar hukumatdan ilgari niyatlarini e’lon qilib, keyin davlat darajasidagi qarorga bo‘ysunishga majbur bo‘lishmoqda. Xullas, vaziyat chigal.

Hozir aytmoqchi bo‘lganim Ruminiya chempionatiga oid holat va u ham hali rasmiy xabar emas, ammo, qiziq tuyulgani uchun chetlab o‘tolmadim.

Demak, Ruminiya chempionatida mavsumning qolgan qismi Turkiyada o‘tkazilishi mumkin!

Agar Turkiyadagi koronavirus tarqalishi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib qaralsa – kasallanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan 10 davlatdan biri ekani bois bu tanlov aqlga ziddek tuyuladi. Biroq, ruminlarning mantig‘i shundan iboratki, Turkiya, xossatan, Antaliya sohil bo‘ylari xavfsizlikni ta’minlash uchun eng qulay tanlov. Bu yerda mehmonxonalar ko‘p va ayni damda ular moliviy jihatdan juda qulay takliflar mavjud. Ruminiya chempionatining qolgan 8 turi aynan Antaliyada o‘tkazilishi tashkilotchilarga umumiy – 2 million yevroga tushishi mumkin. Ammo, bu mazkur mablag‘dan ikki-uch barobar ko‘proq zararni chetlab o‘tish imkonini beradi. Rejaga ko‘ra, yaqin ikki haftada barcha jamoalar charter reyslar orqali Turkiyaga yetkaziladi. Va mehmonxonalarda maksimal xavfsizlik choralar ko‘riladi.

Mendan so‘rasangiz, bu o‘ta qiyin vazifa, ammo, bunday urinishlar bo‘lib turibdi. Masalan, Dana Uaytning UFC 249 turnirini o‘tkazishga urinishlarini eslang. U dastlab uddalay olmagan edi. Mana hozir yana 10 may sanasidagi rejalar bilan qayta urinib ko‘radi.

Bu tinib-tinchimagan tashkilotchilar o‘z maqsadiga yetarmikan?! Ko‘ramiz, kuzatamiz!

Manba: Ориф Толипов телеграм канали
Kiritildi: 04:02, 01.05.2020.
O'qildi: 2421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик