El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi Usmon Dembeleni sotish niyatida emas.
"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Setyen 22 yoshli futbolchiga imkoniyat berishga qaror qildi.
Qiziq tomoni shundaki, bosh murabbiy Dembeleni hali mashg‘ulotlarda ko‘rishga ulgurmadi.
Eslatib o‘tamiz, Dembele hozirda operasiyadan keyingi tiklanish jarayonida.