Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Real»ni «perezagruzka» kutmoqda

«Real»ni «perezagruzka» kutmoqda

Baho:
+ | -

Koronavirus pandemiyasi iqtisodiy jihatdan baquvvat klublarni ham o‘ylantirib qo‘ydi. Yillik daromadlari (757,3 million yevro) bo‘yicha jahonning ikkinchi klubi hisoblangan «Real» inqirozga uchramaslik uchun xarajatlarni qisqartirish haqida o‘ylay boshladi.

Aniq faktlarga to‘xtalib o‘tamiz.

1. «Real» ushbu mavsumda 822 mln yevro daromad olib, 741 mln yevro xarajat qilishni rejalashtirgan edi. Daromadlar 4ta toifaga bo‘lingan:

abonement va chiptalar — 161 mln yevro;
xalqaro musobaqalar va o‘rtoqlik o‘yinlari — 109 mln yevro;
TV-translyasiya huquqi — 180 mln yevro;
marketing — 371 mln yevro.

2. Savdo do‘konlari (yillik — 25 mln yevro) va muzey (yillik — 60 mln yevro) yopiq turgani uchun «Real» daromadlarni yo‘qota boshladi. Karantin bekor qilinganidan keyin odamlarning tashrifi yana boshlanadi, ammo stadionga muxlislar kiritilmaydi.

3. Ma’lumotlarga qaraganda «Real» o‘tgan mavsumda 26ta uy uchrashuvidan (chiptalar+taom va atributikalar savdosi) 145 million yevro ishlab topgan. O‘rtacha bitta o‘yinda — 5,6 mln yevro. Ushbu mavsumda jamoa kamida 6ta o‘yin o‘tkazishi kerak. Zarar — 34 mln yevro.

4. Bundan tashqari, klub abonementlarning to‘rtdan bir qismini muxlislarga qoplab berishi kerak — 54 million yevro.

5. Klub xarajatlarning bir qismini maoshlarni 10%ga qisqartirish orqali qoplaydi — 45 mln yevro.

6. Xarajatlarni kamaytarishning yana bir yo‘li — jamoa yuqori maosh oladigan futbolchilar bilan xayrlashishi kerak. «Real» bu orqali maoshlar bilan xarajatni 80 mln yevroga kamaytirmoqchi. Buning uchun klub Beyl (yillik maoshi — 30 mln yevro), Xames (18 mln), Lukas Vaskes va Mariano (8 million yevrodan)ni transferga qo‘ydi.

7. Modrich (16 mln), Marselo (13) va Nacho (8) ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasalar, klub ularni ushlab o‘tirmaydi — sotib yuboradi. Shuningdek, «Bavariya» Odriosolani sotib olishiga madridliklar umid qilishmoqda.

8. Katta ehtimol bilan «Madrid» yangi xaridlarni amalga oshirmaydi. Klub ijaradan qaytadigan futbolchilar — Hakimiy, Edegor, Regilon, Sebalyos, shuningdek, Reynyer, Kubo va Braim orqali tarkibni yoshartirmoqchi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:21, 03.05.2020.
O'qildi: 9304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.