Bild nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi Myunxenning "Bavariya" klubi yosh yarim himoyachisi Angelo Shtillerga qiziqish bildirmoqda.
19 yoshli "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hali asosiy jamoada debyut uchrashuvini o‘tkazishga ulgurmadi, biroq, u yoshlar chempionatida samarali o‘yin namoyish etmoqda.
"Kanonirlar" kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, qolaversa, Shtiller "Bavariya" klubining asosiy tarkibidan joy olishi qiyin bo‘lishi "Arsenal"ga qo‘shimcha yordam beradi.