Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buffondan Azargacha. Antonio Kontening eng ishongan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa

Buffondan Azargacha. Antonio Kontening eng ishongan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali «Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Mazkur terma jamoadan Kontening faqat «Yuventus» va «Chelsi»dagi sobiq shogirdlari o‘rin oldi.

Italiyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Leonardo Bonuchchi bo‘ldi. Himoyachi «Yuventus»da vatandoshi qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 136 o‘yin o‘tkazgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Janluiji Buffon (130 o‘yin);

Himoyachilar: Markos Alonso (81), Jorjio Kyellini (117), Leonardo Bonuchchi (136), Sesar Aspilikueta (99);

Yarim himoyachilar: Andrea Pirlo (119), Arturo Vidal (111), Klaudio Markizio (113);

Hujumchilar: Eden Azar (94), Villian (96), Mirko Vuchinich (81).

Ma’lumot uchun, Antonio Konte murabbiylik faoliyati mobaynida «Siena», «Atalanta», «Yuventus» va «Chelsi» kabi klublarni boshqargan. Hozirda mutaxassis «Inter» ustozi hisoblanadi. Shuningdek mutaxassis Italiya terma jamoasiga ham bosh murabbiy bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:28, 07.05.2020.
O'qildi: 4955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик