«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze myunxenliklar murabbiylar shtabida ish boshladi. U klub bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
Hozirgacha "Bavariya" U-17 jamoasida ishlab kelgan 41 yoshli mutaxassis o‘z lavozimiga 1 iyul sanasidan kirishadi. Miroslav klub bilan bir yil muddatga shartnoma imzoladi.