Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fergyuson hakamlarni qo‘rqitardi: Karrager va Nevill jonli efirda keskin tortishdi

Fergyuson hakamlarni qo‘rqitardi: Karrager va Nevill jonli efirda keskin tortishdi

Baho:
+ | -

Jeymi Gariga nima uchun "Manchester Yunayted" Fergyuson ketganidan keyin biror marta ham APL g‘olibligini qo‘lga kirita olmagani haqida savol berdi

Angliyaning "Liverpul" klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager va "MYU"ning sobiq sardori Gari Nevillar ayni paytda Sky Sports televideniyesida faoliyat olib borishadi.

Afsonaviy futbolchilar o‘z klublarining tub qarama-qarshiligi tufayli, ko‘pincha jonli efirda keskin bahslashishadi. Bu safar ekspertlar "Manchester Yunayted"ning orqaga qarab ketganini muhokama qilishdi.

"Sizningcha, "MYU"ning tanazzuliga sabab endi Fergyuson hakamlarga bosim o‘tkazmayotganidanmi? Men jiddiy gapiryapman", - deb gap boshladi Jeymi.

"Sen aytayotgan narsalar - tuhmat. Sening fikringcha, "MYU" hakamlarni qo‘rqitib APL g‘olibligini qo‘lga kiritganmi", - deb javob qaytardi Nevill.

"Agar sizlarda endi hakamlarni qo‘rqitadigan murabbiyingiz yo‘qligi uchun, birinchi o‘rindan yetti yoki sakkizinchi o‘ringa tushib ketishni qanday tushuntirib berasan?", - deb yana savol berdi Karrager.

Prodyuserlar o‘rtaga tushib, ikki sobiq futbolchilarni ogohlantirishdi, chunki, bunday bahslar kompaniya obro‘siga putur yetkazib qo‘yadi.

Kiritildi: 02:27, 09.05.2020.
O'qildi: 4334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик