Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «9 may»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «9 may»

Baho:
+ | -

To‘qqizinchi may kuni germaniyalik afsonaviy shaxs tug‘ilgan kunini nishonlashi biroz g‘alati bo‘lsa ham, pasport ma’lumotiga to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmaydi. Yupp Xaynkes. Tag‘in qaysi to‘qqizinchi may deng. 1945 yilning shu kuni. Mamlakati taslim etilgan kun.

Yupp Xaynkes shu kuni tug‘ilgani uchun balki faqat g‘oliblik ruhida yashagandir. Futbolchiligida ham, murabbiyligida ham. Yosh avlod uning “Bavariya”dagi olamshumul g‘alabalarini biladi. Ammo bu qariya maydonda to‘p tepgan davrlari ham chakana emasdi. Germaniyada to‘rt karra chempion, terma jamoasi bilan 1974 yilgi jahon chempioni, 1972 yilgi Yevro g‘olibi. Ayting, bir futbolchiga yetarli emasmi?  

Mayli, murabbiyligi xususida gaplasha qolaylik. Yupp Xaynkesni nemis futbolining bayroqdori deb bilsak-da, "Real" muxlislari tomonidan boshqacha ardoqlanadi. Bilasizmi nega? Sababi, u Bilbaoda o‘z qobiliyatini namoyish etgach, to‘qsoninchi yillar oxirida qirollik klubiga bosh etib tayinlanadi va... 32 yillik tanaffusdan so‘ng qaymoqranglilarni Yevropa taxtiga olib chiqadi. To‘g‘ri, o‘sha mavsum murabbiy la ligada to‘rtinchi o‘rinni egallagani uchun rahbariyat tomonidan qattiq tanqidlarga uchragan, hatto shu natija uchun ketkazilgan ham. Ammo tarixan Myatovich, Illgner, Roberto Karlos, Shuker, Yerro, Zeedorf, Raul, Karambyo, Redondo va Savio kabi yulduzlar jamlangan klubning kelajagini ta’minlovchi kubokni olib bergani bilan eslanaveradi.

"Real" YECHLda aynan shu g‘olibligidan so‘ng o‘ziga kelgan va hozirgacha peshqadamligi davom etib kelmoqda.

Xaynkesning ikkinchi katta ishi, 2013 yilgi Bavariya o‘yini. Dahshatli "Bavariya" deb ta’rif olgan klub keyinchalik Germaniya terma jamoasining mundial g‘olibi bo‘lishida ham o‘z xizmatini ko‘rsatdi. Xaynkes yil murabbiyiga aylandi. Klopp va Fergyusonni ortda qoldirib. Keyin ketdi. Futboldan g‘olib bo‘lib. G‘alaba kunida tug‘ilgan Xaynkesning natijalari endi xotira kunlariga aylandi.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 08:31, 09.05.2020.
O'qildi: 4149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик