Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Emeri: «La Liganing istalgan jamoasida ishlashga tayyorman»

Emeri: «La Liganing istalgan jamoasida ishlashga tayyorman»

Baho:
+ | -

Ispaniyalik murabbiy Unai Emeri Londonning «Arsenal» klubidan haydalganidan beri o‘ziga ish topa olmay yuribdi.

Unai Emeri Ispaniyada ishlashga qarshi emasligini tan oldi. U istalgan jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga tayyor ekanligini va buni muxlislar to‘g‘ri tushunishlari kerakligini aytdi.

«Mening yuragim doim «Real Sosyedad»da, chunki, men u yerda 10 yil faoliyat olib bordim, lekin, agar meni «Atletik» ishga taklif qiladigan bo‘lsa, u holda bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyorman. Boshqa jamoalarning raqiblarida muammolar yo‘q. Men «Valensiya»da ishlaganman, lekin «Levante»ni boshqarishga tayyorman. «Sevilya»ni boshqarganman, biroq «Betis» taklif bildirsa rad etmayman. Men professional bo‘lib qolaman», – dedi Emeri.

Kiritildi: 01:38, 10.05.2020.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик