Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Shangxay Shenxua» Igalo uchun «MYU»dan 20 million funt talab qilmoqda

«Shangxay Shenxua» Igalo uchun «MYU»dan 20 million funt talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Xitoyning «Shangxay Shenxua» klubi «Manchester Yunayted»da ijara asosida o‘ynayotgan Odion Igaloni ortga qaytarmoqchi. Yoki "MYU" uni olib qolmoqchi bo‘lsa, xitoyliklar futbolchi uchun ma’lum summani talab qilmoqchi.

Mankunianliklar nigeriyalik futbolchini APLning ushbu mavsumi oxiriga qadar olib qolishmoqchi. Hozircha Angliyada mavsum qachon qayta boshlanib, qachon tugashi hozircha aniq emas.

«Shangxay Shenxua» esa Igaloning shartnoma muddatini APL mavsumigacha uzaytirmoqchi emas. Klub «Manchester Yunayted»dan o‘yinchining transfer huquqini 20 million funtga sotib olishni talab qilmoqda.

Odion qishki transfer muddatining so‘nggi kunida «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tgandi. 30 yoshli hujumchining ijara muddati 31 maygacha tuzilgan. U «MYU» safida 8ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:55, 10.05.2020.
O'qildi: 3688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик