Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

YECHL va Yevropa ligasi 2020/2021 yilgi mavsumi saralash bosqichini qisqartirmoqchi

YECHL va Yevropa ligasi 2020/2021 yilgi mavsumi saralash bosqichini qisqartirmoqchi

Baho:
+1 | -

UEFA 2020/2021 yilgi mavsum uchun Chempionlar lgiasi va Yevropa ligasining saralash bosqichi formatini o‘zgartirmoqchi.

Rejaga ko‘ra, saralash bosqichlari soni kamaytirilishi yoki butunlay bekor qilinishi mumkin. Tashkilot yevrokuboklarning guruh bosqichini 20 oktyabrga ko‘chirdi. Ammo bu vaqtgacha saralashning barcha bosqichini o‘tkazishning imkoni bo‘ladimi yoki yo‘qmi — aniq emas.

Xabaringiz bor, Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan 32ta jamoaning 6tasi saralash bosqichi orqali aniq bo‘ladi. 24ta klub UYEFAning milliy assosiasiyalar reytingi asosida mamlakat chempionatlarda egallagan o‘rinlari, YECHL va Yevropa ligasida g‘olib chiqqan yana 2ta klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Birinchi g‘oya: UEFA saralashning har bir bosqichini faqat bitta o‘yindan iborat qilishni ko‘zlamoqda.

Ikkinchi g‘oyaga ko‘ra, guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmagan reytingi yuqori 12ta mamlakat chempionlari o‘rtasida 6ta yo‘llanma uchun faqatgina pley-off bosqichi nazarda tutilmoqda. Bunda saralashda ishtirok eta olmaydigan klublarga moliyaviy kompensasiya to‘lab beriladi.

Yevropa ligasida esa vaziyat murakkabroq. Bu musobaqada guruh bosqichiga beriladigan 48ta o‘rindan 17tasigina faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma orqali aniqlanadi. Qolgan yo‘llanmalar uchun da’vogarlar soni esa juda ko‘p.

Bu borada yakuniy qaror UEFAning 27 may kuni videoknoferensiya shaklida o‘tkaziladigan ijroqo‘m yig‘ilishida qabul qilinadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:15, 11.05.2020.
O'qildi: 7433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.