Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Bundesliga qaytmoqda! Qanday intrigalar bizni kutib turibdi?!

Bundesliga qaytmoqda! Qanday intrigalar bizni kutib turibdi?!

Baho:
+3 | -

Germaniya Bundesligasi yaqindagina chempionat o‘yinlari 16 maydan davom ettirilishi, va so‘nggi tur 27 iyunda bo‘lib o‘tishi borasida rasmiy ma’lumot bilan chiqdi. Eslatib o‘tamiz, mavsumning 25 ta turi ortda qolgan bo‘lib, jamoalar yana 9 tadan o‘yin o‘tkazishlari talab etiladi. Qolgan 9 ta tur davomida Budesligadagi intrigalar bilan Stadion.uz qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Sovrin va yevrokuboklar

 

Ayni damda Bundesliga g‘olibligi uchun “Bavariya” (54 ochko) favorit bo‘lib turibdi. Ulardan keyingi o‘rinlarni “Borussiya Dortmund” (51 ochko) va “RB Leypsig” klublari egallagan. YECHL uchun yo‘llanma berishga qodir to‘rtinchi o‘rin uchun chinakam kurash ketmoqda. “Borussiya M” va “Bayer” klublari o‘rtasidagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda. Boz ustiga, oldinda ular o‘rtasidagi to‘qnashuv ham mavjud. Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda YECHLda to‘p surishi mumkin bo‘lgan 4-jamoa nomini o‘sha uchrashuv aniqlab bersa kerak.

 

Yevropa Ligasi uchun yo‘llanmalar ham klublar o‘rtasida talash. 6-o‘rinda borayotgan “Shalke” va 9-o‘rindagi "Xoffenxaym"ni 2 ochko ajratib turibdi. Ular o‘rtasidan “Frayburg”va “Volfsburg” klublari joy egallagan. Shunindek, YEL yo‘llanmasi egalaridan 5 ochko ortda qolayotgan “Kyoln”ni ham unutmaslik lozim. Umuman olganda, YEL yo‘llanmasi so‘nggi turlardagina o‘z egasini topadi. Bunday zich joylashuv bilan oldinda biror narsani aniq aytish mushkul.

Kim Budesligani tark etadi?

 

Asosiy da’vogar “Paderborn” bo‘lib turibdi. Jamoa xavfli zonaga eng yaqin klubdandan 10 ochko ortda qolmoqda. Shuningdek, “Verder”ning ham bu mavsum sira omadi kelmayapti. Shunga qaramay, ularda 16-o‘rin uchun imkoniyat mavjud. Bu o‘rinni egallagan klub Bundesligada qolish uchun o‘tish uchrashuvlarida maydonga tushish huquqini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, “Fortuna”, “Mayns” “Augsburg” klublari ham Bundesligada jon saqlash uchun kurash olib borishlariga to‘g‘ri keladi.

Oltin butsa” kimga nasib etadi?

 

Katta ehtimol bilan Bundesliganing eng yaxshi to‘purari ikki futbolchidan biri bo‘lishi kutilmoqda. Ulardan biri Robert Levandovski bo‘lsa, ikkinchisi Timo Verner. Uchinchi o‘rinda borayotgan Jeydon Sancho ulardan katta farq bilan ortda qolmoqda. Polshalik futbolchi 25 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “buqalar” forvardi 21 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Sancho o‘zining 9 ta goli bilan ularga yaqin ham kela olmasligi turgan gap.

Eng yaxshi assistent?!

 

Bu borada kurash avjida. “Bavariya”ning universal askari Tomas Myuller (16 ta uzatma) va “Borussiya Dortmund” tineyjeri Jeydon Sancho (15 ta pas) Bundesliganing eng yaxshilaridan biri bo‘lish uchun ayovsiz kurash olib borishadi. Katta ehtimol bilan g‘oliblik ushbu juftlikdagi yigitlardan biriga nasib etadi.

Ulardan keyingi o‘rinda Ashraf Hakimiy va Torgan Azar borishmoqda. Ularda 10 tadan assist mavjud.

26-turning markazi uchrashuvlari

Yana bir bor eslatib o‘tamiz. Bundesliga 16 maydan start oladi. Ilk uchrashuvlari bizning vaqt bilan 18:30da boshlanadi. 26-turning markaziy uchrashuvi “Shalke” va “Borussiya Dortmund” klublari o‘rtasida “Signal Iduna Park”da bo‘lib o‘tadi. Muxlislarsiz ham bu uchrashuv futbolni sog‘inganlar uchun bir olam zavq ulashishi turgan gap. Keyin bizni “Ayntraxt Frankfurt” va “Borussiya M” jamoalari to‘qnashuvi kutib turibdi. Yakshanba kuni “Bavariya” autsayder “Union Berlin”ni sinovdan o‘tkazadi. Tur dushanba kuni “Verder” va “Bayer” o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng to‘liq yakun topadi.

Qolgan turlardagi eng markaziy uchrashuvlar

27-tur

“Borussiya M” – “Bayer”

Yuqorida aytilganidek, jamoalarni YECHLning 4-yo‘llanmasi uchun qaqshatqich jang kutib turibdi. O‘rtadagi 2 ochko farqni yo‘q qilish yoki uni kattalashtirish imkonini tomonlar qo‘ldan boy bermaslik uchun harakat qilishadi.

28-tur

“Borussiya Dortmund” – “Bavariya”

Agar bu uchrashuvda “Bavariya” g‘alaba qozonsa, deyarli chempionlikni qo‘lga kiritdi deb hisoblasak bo‘ladi. Sababi oddiy. O‘rtadagi 7 ochko farqni yo‘q qilish mushkullashib ketadi. Agar Dortmundliklar g‘olib chiqishsa, o‘rtadagi farq bittaga yetadi va musobaqa yakuniga qadar chempionlik uchun kurash olib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.

33-tur

“RB Leypsig” – “Borussiya Dortmund”

Bu uchrashuv tomoshaboplik borasida barcha chempionatlarga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Ikki kuchga to‘lgan va hujumkor jamoalar o‘rtasidagi kurash. Musobaqadagi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turgan klublar 33-turda juda ko‘p narsani hal etib olishlari mumkin. Agar 33-turga qadar “Bavariya” ikki bor qoqilsa, bu o‘yin yakunda chempion nomini aniqlab berishi ham hech gap emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:19, 15.05.2020.
O'qildi: 4636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.