"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 19 yoshida "Inter"ga o‘tishi mumkin edi. Milan klubi kataloniyaliklarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga tayyor edi. Bu haqda "qizil-anorranglilar" sobiq prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi.
Uning aytishicha, "Inter" Messi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan. Ammo, "Barsa" o‘z vaqtida Leoning otasi bilan kelishib olgan va u Italiyaga ko‘chib o‘tmagan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda ham Messining "Inter"ga o‘tishi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalyapti.