«Tottenxem» yarim himoyachisi Son Xyong-Min Janubiy Koreyadagi harbiy yig‘inni yakunlab, Londonga qaytib kelgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Kecha esa u "shporlar" bazasiga kelib qo‘shildi. Klub matbuot xizmati uning suratini e’lon qildi.
Koreyalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda «Tottenxem» safida barcha musobaqalar doirasida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.